• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Tibbiyot Qo‘qonda tez yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan bo‘shatildi
Tibbiyot

Qo‘qonda tez yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan bo‘shatildi

  • 14.03.2025 / 17:45
  • 836
  • 0
111

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin toshimoqda” sarlavhasida videolavha tarqalgan edi.

Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mazkur holatga rasmiy izoh berdi. 

Kecha, 13-mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasiga biriktirilgan haydovchi G‘.A. o‘zboshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlandi.

Bugun, poliklinikada ushbu holat bo‘yicha Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun “Xayfsan” intizomiy jazosi berildi, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar