
Ahmad Al-Farg‘oniy nomidagi axborot-kutubxona markazi binosida Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat IIB tomonidan soha xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga ma’lumotlar berildi.
Bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Sizlar orqali, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy hayotda hamda dunyo hamjamiyatida sodir bo‘layotgan o‘zarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishmoqda.
Ichki ishlar organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, aholining bizga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda sizlarning sa’y-harakatlaringiz katta ahamiyatga ega.
Joriy yil boshida, davlatimiz rahbari tomonidan respublikada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish eng asosiy vazifa etib belgilanligi ham bejiz emas. Shu sababli, Respublikada kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida 2025 yil 3 yanvar kuni “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-sonli Qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, viloyatimiz hududidagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Ta’kidlash joizki, viloyatimizda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilning mart oyi yakunida viloyatda qayd etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 140 ta, mahalla hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 75 taga kamaydi.
2025-yil 3 oyida viloyat hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar har 100 ming aholi soniga 24,2 tadan to‘g‘ri kelib, o‘tgan yil shu davri ko‘rsatkichiga nisbatan 3,9 taga (28,1/24,2), mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar har 100 ming aholiga 14,3 tadan to‘g‘ri kelib, o‘tgan yil shu davri ko‘rsatkichiga nisbatan 2,1 taga (16,4/14,3) yaxshilandi.
Jinoyat turlari bo‘yicha:
- Nomusga tegish 2 taga (3/1);
- Tan jarohati yetkazish 34 taga (211/177);
- Og‘ir tan jarohati yetkazish 4 taga (29/25);
- O‘rta og‘ir tan jarohati 9 taga (84/75);
- Yengil tan jarohati yetkazish 21 taga (98/77);
- Oilaviy maishiy zo‘ravonlik 15 taga (40/25);
- Oldini olish mumkin bo‘lgan o‘g‘rilik 57 taga (409/352);
- kissavurlik 10 taga (22/12);
- velosiped o‘g‘irlash 3 taga (25/22);
- savdo shoxobchalarida o‘g‘irlik 21 taga (69/48) kamaygan
- Oldini olish mumkin bo‘lgan firibgarlik 15 taga (141/126);
- Talonchilik 5 taga (12/7);
- Bosqinchilik jinoyati 1 taga (3/2);
- Inson o‘limi bilan bog‘liq YTHlar 3 taga (32/29);
- Voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash 18 taga (54/36) kamaydi.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
- Yoshlar jinoyati 120 taga (448/328);
- Ayollar jinoyati 43 taga (154/111);
- Voyaga yetmaganlar 19 taga (77/58);
- Sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 30 taga (139/109);
- Mast holatdagi jinoyatlar 11 taga (27/16);
- Guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 11 taga (79/68) kamaydi.
Yil boshidan viloyatda yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlash borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratdik. Lekin, 2024-yilda transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq 28 ta holat sodir etildi. Bu ko‘rsatkich Farg‘ona shaharda 8 ta, Qo‘qon shaharda 7 ta, Beshariq, Oltiariq, Uchko‘prik tumanlarida 2 tadan, Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa, Quva, O‘zbekiston, Rishton va Farg‘ona tumanlarida esa 1 tadan to‘g‘ri keldi.
Joriy yil birinchi chorak yakunida esa transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq 10 ta holat sodir bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 3 tadan, Marg‘ilon shahar, Oltiariq, O‘zbekiston va Buvayda tumanlarida esa 1 tadanga to‘g‘ri keldi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki bunday salbiy holatlar kelib chiqishiga fuqarolarimiz tomonidan o‘z avtomashinalarini kaliti bilan qarovsiz qoldirishlari oqibatida kelib chiqqan. Kelgusida bu kabi jinoyatlarni oldini olishda sizlardan keng ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar tomonidan o‘z avtomashinalarini qarovsiz ochiq holda qoldirmasliklari yuzasidan targ‘ibot tadbirlariga amaliy yordam berishlaringizni so‘rab qolaman.
Shuningdek, mamlakat taraqqiyoti, yosh avlodning kelajagi va umriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi giyohvandlik illatiga qarshi kurashish borasidagi tadbirlar doimiy ravishda dolzarb masala bo‘lib kelgan. O‘tgan vaqt davomida viloyatda jinoyatlarni jilovlash borasida o‘tkazilgan har bir tezkor-profilaktik tadbirlarda, giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi ishlarga alohida e’tibor berildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 41 marotaba tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Giyohvandlikni oldini olish borasida 2 ming 597 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, ommaviy axborot vositalari orqali 2 ming 72 marotaba chiqishlar qilindi.
Ichki ishlar organlari tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan, giyohvandlik va psixotrop moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etish va giyohvandlik yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli choralarni jadallashtirish zarur bo‘lmoqda, deya o‘z ma’ruzasini yakunladi viloyat IIB boshlig‘i.
Shundan so‘ng, matbuot anjumanining savol-javoblar qismiga o‘tildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga IIB boshlig‘i va tegishli mas’ul xodimlar tomonidan javoblar berildi. Bildirilgan takliflar ham muhokama qilinib, muhim takliflar o‘z o‘rnida qabul qilindi.
Vodiy24.uz tahririyati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari