• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada “Kitobxon-prokuror” tanlovi o‘tkazildi
Jamiyat

Farg‘onada “Kitobxon-prokuror” tanlovi o‘tkazildi

  • 05.05.2025 / 15:02
  • 292
  • 0
111

Prezidentning 2023-yil 31-maydagi qarori asosida prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ma’naviy-intellektual salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan 2024-yil mart-aprel oylarida “Kitobxon-prokuror” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda viloyatdagi 250 dan ortiq prokuratura xodimlari ishtirok etdi.

Birinchi bosqich – test sinovlari asosida saralangan 80 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichda mashhur asarlar bo‘yicha tezis yozishda o‘z bilim va tafakkurini namoyon etdi. Eng yaxshi natija ko‘rsatganlar 3-may kuni o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida finalda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra, “Navoiy izdoshlari” jamoasi birinchi, “Ziyokor” jamoasi ikkinchi va “Renessans” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, faol ishtirok etgan I.Alimov, B.Ibragimov va M.Rasulovalar viloyat prokurorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida 11 nafar tomoshabin o‘rtasida “Tezkor savol-javob” o‘yini o‘tkazilib, 4 nafar g‘olib esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish va ezgu qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar