• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Toshkent viloyatida 2 nafar IIO xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
Jamiyat
Huquq

Toshkent viloyatida 2 nafar IIO xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

  • 18.05.2025 / 14:13
  • 543
  • 0
111

DXX Call-markazi(1520)ga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining oʼz xizmat vakolatini suiisteʼmol qilgan holda korruptsion jinoyatlarni sodir etib kelayotgani xususida maʼlumotlar olindi.

Unga koʼra, IIB xodimi JKning 210, 131, 135, 206, 207 va 165-moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda tergovda boʼlgan sobiq ichki ishlar xodimiga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlanishida yordam berish evaziga uning yaqin qarindoshlaridan 20 ming АQSh dollari talab qilgan. Joriy yilning 16-may kuni DXX va IIV tezkor boshqarmalari hamkorligida oʼtkazilgan faol tadbir davomida, IIB xodimi 1995 yilda tugʼilgan fuqaro А.B.dan 20 ming АQSh dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qoʼlga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Yana bir holatda, shu yilning 17-may kuni huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʼtkazilgan faol tadbirda Toshkent viloyati Yangiyoʼl tumani ichki ishlar xodimi JKning 103 va 112-moddalari bilan ayblanib, 8 yil 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumga jazo muddatini Toshkent shahar sudi mansabdor shaxslari imkoniyati orqali taftish instantsiyasida kamaytirib berishni vaʼda qilib, mahkumni tanishi N.N.dan 24 ming АQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi.

Tadbir jarayonida uning yonidan advokatlik va hakamlik sudi sudьyasi guvohnomalari hamda IIVning lavozimga tayinlash toʼgʼrisidagi buyrugʼi nusxasi topildi.

Ushbu xodim 2014-yilga qadar ichki ishlar idoralarida ishlab, 2022-yildan esa, advokatlik faoliyati bilan shugʼullanib kelgan. Joriy yilning aprelь oyida unga yana bir bor imkoniyat berilib, ichki ishlar idoralariga qaytadan tiklangan. Аfsuski, ishga tiklanganligiga 2 oy boʼlmagan bu xodim korruptsion harakatlarni takroran sodir etgan.

Har ikki holat yuzasidan taqdim etilgan materiallar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi va 28, 211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar