
O‘zbekistonda endi yoshga doir pensiya proaktiv shaklda, ya’ni fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bu prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ-1066-son) bilan belgilandi.
Qonun Senat tomonidan 5-may kuni ma’qullangan.
Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga to‘lgan fuqarolarga ularning murojaatisiz (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, fukaroning yoshga doir pensiyaga bo‘lgan huquqi belgilangan axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi bo‘lsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega.
Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan yoxud davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma to‘ldirgan holda murojaat qilishi kerak.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza va so‘rovnoma 10 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash to‘g‘risidagi masala fuqaro pensiya yoshiga to‘lgan kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi.
Haydarali Yuldashev
Toshloq tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari