Obuna bo`ling!
USD10777.04
EUR12140.34
RUB142.21
Bir kunda 5 ta qishloqqa yangi transformator, 7 ta tumanga 150dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar yetkazildi
Oct 19, 2021
106

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan joylarda davlat dasturlari ijrosini taʼminlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda elektr tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Bu haqida “Farg‘ona HETK” АJ matbuot xizmati xabar qildi.

Bunga misol, kechaning o‘zida 5 dona turli quvvatdagi transformator punktlari 5 ta tumanga reja asosida yo‘l oldi. Jumladan, Toshloq tumanining “Piyozchilik”, Buvayda tumanining “Bumozor”, Bog‘dod tumanining “Mirzaobod”, Quva tumanining “Toshxovuz”, Marg‘ilon shahrining “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududiga mavjud transformator punktlari yukini yengillatish maqsadida, dastur asosida o‘rnatiladi.

Joriy yil boshidan viloyat bo‘yicha joylarga tegishli dastur asosida o‘rnatilgan yangi turli quvvatdagi transformatorlar soni 250 dona yetdi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga nazar solsak, joriy yilning 18-oktabr kuni belgilangan rejaga asosan 7 tumanga 150 dan ortiq tayanchlar yetkazib berildi.

Mazkur yetkazib berilgan yangi temir-beton tayanchlar Beshariq, Toshloq, Farg‘ona, Uchko‘prik, Quva tumanlari hamda Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlaridagi dastur asosida amalga oshirilayotgan hududlarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50