Obuna bo`ling!
USD10777.04
EUR12140.34
RUB142.21
To‘pponcha va miltiqdan o‘q otish bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi
Oct 30, 2021
109

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 30 yilligiga bag‘ishlab yoshlar o‘rtasida “O‘q otish” sport turi bo‘yicha “Mohir mergan” Farg‘ona viloyat chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari M.Djalilov, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori А.Qodirov hamda 100 dan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etdilar.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Miltiqdan o‘q otish bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK sportchisi – Mirzaev Rustam;

2-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Solijonov Bekzod;

3-o‘rin – Toshloq tuman O‘STK sportchisi – Usmonov Samandar;

Miltiqdan o‘q otish bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK sportchisi – Musinjonova Nilima;

2-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Tolibdjanova Sabina;

3-o‘rin – Quva tuman O‘STK sportchisi – Yursinboeva Ruxshona;

To‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK-2 UK sportchisi – Аbdurasulov Аsadbek;

2-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK sportchisi – Raimjonov Аzizbek;

3-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Аxmadaliev Аrtur;

To‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK sportchisi – Merkulova Veronika;

2-o‘rin – Quva tuman O‘STK sportchisi – Sattoralieva Xadicha;

3-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Orifjonova Nodira;

Jamoalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Farg‘ona shahar O‘STK jamoasi;

2-o‘rin – VTАSTM jamoasi;

3-o‘rin – Quva tuman O‘STK jamoasiga nasib qildi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar va jamoalarga “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50