Obuna bo`ling!
USD10777.04
EUR12140.34
RUB142.21
Yaxshilar mehrini his etib
Nov 18, 2021
36

So‘x tumanidagi Chorko‘cha mahallasida umrguzaronlik qilayotgan Dilrabo Ismatova hamqishloqlar, saxovatli kishilar mehridan bahra olib kelmoqda.

Baxtsiz hodisa tufayli xonadonda yuz bergan yong‘in oilaga iqtisodiy jihatdan zarar keltirdi. Yashash xonadoni, ro‘zg‘or jihozlari birmuncha shikastlandi. Uy-joyni tiklash, ta’mirlash uchun oilaning iqtisodiy imkoniyati yetmasdi. Bir tomonda qish ostona hatlab turibdi.

Oilaning ahvolidan xabar topgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi So‘x tuman bo‘limi va boshqa saxovatpesha tadbirkorlar o‘ksik qalblarga mehr ulashishdi. Dilrabo Ismatova xonadonida hashar uyushtirilib, yong‘indan talofat ko‘rgan uyning tom qismi shifer qilindi, eshik va romlar o‘rnatildi. Hasharda ko‘pning ko‘magi qo‘l keldi. Qisqa fursatda uy-joy tiklandi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ham berildi.

So‘x tumanida ijtimoy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda “Hushyor” MFY Bo‘ston ko‘chasi 33-uyda yashayotgan kam ta’minlangan Xojalxon Mirzabekova, “Sebzor” mahallasida Maxpira Mirzoeva hamda “Qaqir” mahallasidagi kam ta’minlagan oila Shoxida Valiva holidan xabar olinib ko‘ngil so‘raldi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

– Mamlakatimiz bo‘ylab quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasida so‘xliklar ham munosib ishtirok etmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi raisi Rasuljon Mirsaidov. – Shu kunga qadar mahalla ko‘chalari, guzarlar, aholi tomorqalarida 500 mingdan ortiq mevali, manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tayotgan xayrli ishlarda yoshi ulug‘ nuroniylarimiz ham faol ishtirok etmoqda. Ular oilalarni mustahkamlash, tinchlik-totuvlik, to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish borasida pand-nasihatlar qilishmoqda.

 

 “Mahalla” xayri jamoat fondi

viloyat bo‘limi mabuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50