• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sayt haqida

Sayt haqida

“Vodiy24.uz” - Oʻzbekistondagi, jumladan vodiydagi faol onlayn nashrlardan biri. Sayt oʻz oldiga Oʻzbekiston va jahonda roʻy berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni maqsad qilib qoʻygan.

Google Analytics maʼlumotlariga koʻra, saytga har kuni mingdan ortiq odam tashrif buyuradi. Saytdan foydalanish mutlaqo bepul boʻlib, faqatgina internet traffik sarflanadi. Saytning yengil va tez ishlaydigan mobil versiyasi - m.vodiy24.uz Facebook, Instagram, Youtube ijtimoiy tarmoqlarida sahifalari, Telegram messenjerida esa @vodiy24uzofficial nomli kanal faoliyat yuritadi.

Loyiha 2019-yilning yanvarida faoliyatini boshlagan. OAV sifatida 1261 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Loyiha muassisi “FAMILY PRESS TIME” MCHJ hisoblanadi. Sayt Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib boruvchi davlat va jamoat tashkilotlari bilan qonunda belgilangan tartibda hamkorlik oʻrnatgan holda ish olib boradi. “Vodiy24.uz” sayti materiallaridan foydalanish shartlari : mavjud qonunchilikka koʻra saytda nashr etilgan, qoidalar asosida koʻchirib bosilgan maʼlumotlar asosliligi uchun (manbasi koʻrsatib yozilganligi evaziga) javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi. Saytda nashr qilingan maqola yuzasidan, uning muallifi va sayt tahririyatining fikri bir xil boʻlmasligi mumkin. Shuningdek, sayt tahririyati oʻquvchilarining yuborgan xatlarining har biriga alohida javob yozish majburiyatini olmaydi. Sayt materiallaridan boshqa saytlar yoki OAV foydalanishi shartlari: Sayt Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mintaqa va chet ellarda faoliyat yuritayotgan internet saytlari, nashrlar bilan oʻzaro maʼlumot, maqolalar almashishni yoʻlga qoʻyadi. Saytdagi maʼlumotlardan faqat tahririyatdan yozma ravishda ruxsat olingandagina foydalanish talab etiladi. Materiallardan foydalanishda, sayt nomini (muallifini) berilayotgan materialning birinchi yoki uchinchi qatorigacha boʻlgan qismida taqdim etish soʻraladi. Masalan, “Bu haqda Vodiy24.uz sayti xabar berdi”. Bu oʻrinda nashr nomi — “Vodiy24.uz” soʻziga havola qoʻyilib, bu havola http://Vodiy24.uz/ sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi, qolaversa, “xabar beradi” soʻz birikmasiga havola qoʻyilib, bu havola “Vodiy24.uz” saytidan olingan xabarga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Boshqa nashrlar bilan hamkorlikda ishlashdan doim mamnun boʻlamiz.

Murojaat uchun: tel: +998 90 777 20 47 (Qoʻngʻiroqlar haftaning dushanbadan juma kuniga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi) pochta: vodiy24uz@mail.ru Reklama boʻyicha: tel: +998 97 625 07 70 (Qoʻngʻiroqlar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi) pochta: vodiy24uz@mail.ru

So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar