• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar “Ishonch” kredit-savdo markazi: Har bir mijozga baxtli va farovon hayot
Voqealar

“Ishonch” kredit-savdo markazi: Har bir mijozga baxtli va farovon hayot

  • 27.01.2020 / 12:34
  • 3326
  • 0
111

Ayni jarayonda mijozlarga yanada keng imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida viloyatimizning har bir shahar-tumanida markaz filiallari ishga tushirilmoqda. Bugun, 27-yanvar kuni O‘zbekiston tumani markazida “Ishonch” kredit-savdo markazining Yaypan filiali o‘z faoliyatini boshladi.

Bu yerga tashrif buyuruvchilar keng turdagi sifatli mahsulotlarni qisqa fursatlar ichida imtiyozli kreditlar asosida rasmiylashtirishi mumkin. Zamonaviy mezonlar asosida faoliyat olib boruvchi filialda 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Faoliyat ko‘lami va xizmatlar tarmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish hisobiga yaqin istiqbolda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, filial o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan 15 fevralga qadar mijozlarga imtiyozlar va chegirmalar joriy etildi. Shu tariqa filialga tashrif buyurgan har qanday mijoz o‘zi istagan biror-bir mahsulot sotib olish evaziga narx borasida ma’lum bir chegirma yoki bepul taqdim etiladigan sovg‘a sifatida qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.

27 yanvar kuni markazning O‘zbekiston tumanida yangi filiali o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan turli aksiyalar o‘tkazilib, yangi mahsulot sotib olgan mijozlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

 

B.Madiyorov

(Suratlarni Sh.Qoraboyev olgan)

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar