• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Biz OITSga qarshimiz!”
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat

“Biz OITSga qarshimiz!”

  • 07.12.2021 / 16:54
  • 2520
  • 0
111

Bag‘dod tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Qizil Yarim Oy jamiyati, xalq ta’limi bo‘limi, ma’naviyat markazi, Yoshlar Ittifoqi, “Barkamol avlod” bolalar markazi, “Tohir-Bag‘dod” televideniesi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda  tuman  “Barkamol avlod”  bolalar markazida “Yoshlar OITSga qarshimiz!” shiori ostida tadbir  tashkil qilindi.

Tadbirni “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbari Nilufarxon Usmonova kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Dastlab to‘garak a’zolarining sahna ko‘rinishlari va raqslari namoyish etildi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar bugungi dolzarb muammolardan biri bo‘lgan OITS kasalligi va uning oldini olishda fuqarolarimiz ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati xususida gapirdilar.

Tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi oliy toifali hamshirasi Rahimaxon Cho‘lponova kasallikning yuqish yo‘llari, tibbiyot birlashmasi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy bo‘linmasi vrach-valeologi Baxtiyorjon Bekmirzaev bu kasallikning belgilari va oqibatlari, shuningdek, koronavirus kasalligining oldini olish, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik, irsiy  kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash haqida ma’ruza qildilar, taqdimotlar namoyish qilishdi.

To‘garak a’zolari tomonidan chizilgan  mavzuga oid rasmlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.  Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga kitoblar va o‘quv qurollaridan iborat sovg‘alar tarqatildi.         

Shuningdek, bu kabi tadbirlar tumandagi 17-maktabda, 2-kasb-hunar maktabida, 1-IDIMda va boshqa joylarda ham o‘tkazildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar