• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Profilaktika inspektorlarining maoshi 10 million bo`ldimi?
Huquq

Profilaktika inspektorlarining maoshi 10 million bo`ldimi?

  • 09.04.2022 / 16:30
  • 4045
  • 0
111

IIVning jamoat xavfsizligini ta`minlashga xizmat qiluvchi xodimlar, jumladan profilaktika inspektorlarining maoshi 10 million bo`ldimi? Ular hozir qancha olishadi? Mazkur savollarga Ichki Ishlar Vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktika xizmati boshlig`i o`rinbosari Azim Sultonov javob berdi.

«Hozirgi kunda o`rta hisobda agar unvon bilan tenglashtirilganda katta leytenant profilaktika inspektori 3.5 mln atrofida, mayor unvonidagi katta ofiser profilaktika inspektorlari 5.5-6 mln oylik maosh olmoqda», - dedi Azim Sultonov.

Uning ma`lum qilishicha, Prezident 2021-yilning 12-fevralda o`tkazgan videoselektor yig`ilishida IIV xodimlarining oylik maoshlarini uch bosqichda ko`tarish topshirig`i berilgan. Hozirda ikkinchi bosqich yakunlanmoqda. Joriy yilning iyun oyida uchinchi bosqich ham yakunlanib, xodimlar maoshi yana ko`tarilishi kutilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma`lumotiga qaraganda, 2020-yilda ichki ishlarning 46 nafar xodimi korrupsion ish bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan ekan 2021-yilda esa bu ko`rsatkich deyarli 2 baravarga ortib, 89 nafar xodim tomonidan 119 ta korrupsion jinoyat sodir etilgan.

Nega korrupsion holatlar tizimda yildan yilga ko`paymoqda?

"Haqiqatdan ham o`tgan yili 89 nafar xodim tomonidan korrupsion jinoyatlarga qo`l urilgan. Shundan 43 ta holati profilaktika inspektorlariga tegishli. Bu sodir etilgan jinoyatlarning 50% iga to`g`ri keladi. Buning sababi bo`limimiz juda katta.

Masalan, Respublika bo`yicha 10 000 dan ziyod mahalla bo`lsa, har bir mahallada bir nafardan profilaktika inspektorimiz bor. Toshkent shaharda har bitta mahallada ikkitadan joriy qilingan. Bu qamrovimizda 10 000 dan ortiq xodimlarimiz borligini anglatadi. Korrupsion holatlar foiz jihatidan ko`p bo`lishi mumkin, lekin son jihatidan kam»,- dedi Azim Sultonov.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev 2021-yil 12-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay`atining kengaytirilgan yig`ilishida 2021-yilda barcha ichki ishlar xodimlari ish haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini ta`minlashga bevosita jalb etilgan, mahallada xizmat o`tovchi xodimlar ish haqi esa 60 foizga oshirilishini ma`lum qilgandi.

Keyinroq esa, Prezidentning «Jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni bilan ichki ishlar organlari xodimlarining oylik maoshlari 3 bosqichda oshirilishi aytildi:

1-bosqich: 2021-yil 1-apreldan;

2-bosqich: 2021-yil 1-sentabrdan;

3-bosqich: 2022-yildan boshlab.

Farmonga muvofiq uchinchi bosqich yakuniga ko`ra, jamoat xavfsizligini ta`minlashga xizmat qiluvchi xodimlar, jumladan profilaktika inspektorlarining bir oylik maoshlari qariyb 10 million so`mni tashkil qilishi mumkinligi ma`lum qilindi.

O`tgan yil yakunida esa Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G`iyosov «Ichki ishlar organi xodimlarining maoshi oshirilgan. Yangi xodim 4 million so`mdan ko`proq oylik oladi. Xodimlar faoliyati davomida qilgan ishiga qarab 15-20 million so`mgacha oylik maosh olishi mumkin», deb intervyu bergan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar