• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Toshloqdagi tuyachilik xo‘jaligi va sihatgohi turizm manziliga aylanmoqda
Jamiyat
Tibbiyot
Turizm

Toshloqdagi tuyachilik xo‘jaligi va sihatgohi turizm manziliga aylanmoqda

  • 11.01.2023 / 22:43
  • 2786
  • 0
111

Bugun Toshloq tumanining Zarkent qishlog‘ida joylashgan “Vodiy tuyalari” ekoturistik fermer xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda Toshloq tuman hokimligi hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi.

photo_2023-01-11_18-25-35

Tadbir qatnashchilariga dastlab ushbu ekoturistik markaz hamda uning tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan sihatgoh haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlash joizki, fermer xo‘jaligi rahbari Odiljon Homidov 20 yildan ortiq vaqt mobaynida chorvachilik va tuyachilik tarmog‘ini rivojlantirib kelmoqda. Dastlab 1 dona tuya olib kelib parvarish qilgan bo‘lsa, endilikda tuyalarning soni 100 tadan oshib ketdi. Tuyalarning 30 tasi sog‘in bo‘lib, ularning shifobahsh sutlari orqali jigar, buyrak, oshqozon, o‘t qopi kabi ko‘plab kasalliklar muvaffaqiyatli davolanmoqda.

photo_2023-01-11_18-25-33

Fermer xo‘jaligi qoshidagi ekoturistik sihatgohda Farg‘ona viloyatidan tashqari mamlakatimizning ko‘plab viloyatlari, shuningdek, qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istondan ham bemorlar kelib davolanib ketishmoqda.

Press-tur davomida fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishgan jurnalist va blogerlar bu yerda tuyalar parvarishi jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.

photo_2023-01-11_18-25-34

photo_2023-01-11_18-25-32

Shu kuni Toshloq tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Аbduqahhor Djurabaev ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkazildi. Yuzma-yuz muloqotda tuman hokimi OАV vakillariga Toshloq tumanida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari xususida maʼlumot berdi.

photo_2023-01-11_19-32-07

 Аytib o‘tilganidek, 2022-yil kuz mavsumida tuman hududiga 308 ming 805 dona mevali va manzarali daraxt, buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. O‘tgan yilda reja ortig‘i bilan uddalanib, 346 ming 374 dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar yaratildi. 2023-yilda esa tuman hududida 514,5 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda daraxt ekish ishlari olib borilmoqda.

photo_2023-01-11_18-25-30

Matbuot anjumanida tuman hokimi mavzu yuzasidan jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar