• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq “Ko‘chalarni o‘g‘risi degan gapi qattiq ta’sir qildi” - sherigini masjidda pichoqlagan shaxs
Huquq
Voqealar

“Ko‘chalarni o‘g‘risi degan gapi qattiq ta’sir qildi” - sherigini masjidda pichoqlagan shaxs

  • 03.06.2024 / 11:50
  • 829
  • 0
111

Hech bir inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Ammo, ma’naviyati nuqsonli bo‘lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o‘ylamay ish qilib, balki bila turib jinoyatchi, degan tamg‘ani orttirib oladi. Bugun e’tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchisi ham bir oilaning boshi, yana bir umidvor mushtipar onaning dilbandi, farzandlarining otasi.

B.Aktamov 2015-yilda Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozoriga tadbirkorlikka chiqa boshlaydi. U yerda Qo‘qon shahrida yashovchi B.Razzakov va Dang‘ara tumanida yashovchi O‘ktam ismli shaxslar bilan tanishadi.

Keyinchalik B.Razzakovdan O‘ktam aka haqida yomon gaplarni eshitib qoladi. Uni “ko‘chalarni o‘g‘risi” degan gapi unga qattiq ta’sir qiladi. Sababi u O‘ktam akani qattiq hurmat qilar edi.

Shundan so‘ng oradan vaqtlar o‘tib, o‘sha vaqtda B.Razzakov noto‘g‘ri gapirganligini tushunib yetadi. B.Razzakovni urib, aqlini kiritish niyati paydo bo‘ladi.

B.Aktamov 2023-yilning 15-iyun kuni soat 10:00 larda o‘zining avtomashinasiga ehtiyot qismlari olish uchun B.Razzakovga qo‘ng‘iroq qiladi. Unga hozirda puli yo‘qligini aytib, avtomashinasiga ehtiyot qism olishi zarurligini ta’kidlaydi. B.Razzakovdan unga kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlarni olib berib turishini, pullarini biroz muddat o‘tib berishini telefon orqali so‘raydi. Shunda B.Razzakov unga kelaverishini, ehtiyot qismlarini olib berishini aytadi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, soat 11:00 larda Dang‘ara tumani markazida joylashgan “Baraka bozor” nomli avto ehtiyot qismlari bozoriga boradi. Bozorga kirib B.Razzakovning do‘koniga o‘tadi. U yerda B.Razzakov bilan birga gaplashib o‘tirib, yana o‘sha O‘ktam aka haqida gapirgan noto‘g‘ri gaplari esiga tushadi. U B.Razzakovni oldiga kelishdan avval avtomashinasida doimiy olib yuradigan suvenir pichog‘ini o‘zi bilan olgan edi.

Bu orada B.Razzakov unga kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlarini peshin namoziga borib kelganlaridan so‘ng olib berishini aytadi. U bilan birga B.Razzakovga tegishli bo‘lgan Jiguli rusumli avtomashinasida Dang‘ara tumani markazida joylashgan jome masjidiga yo‘l olishadi. Yo‘lga chiqqan vaqtlarida yo‘lda B.Razzakovni tanishi ularga qo‘shilib oladi. Keyin ikkalalari ham tahoratlari yo‘qligi sababli ushbu masjidning tahoratxonasiga kirishadi.

U yerga kirgan vaqtda B.Razzakovni yana o‘sha O‘ktam aka haqida gapirgan noto‘g‘ri gaplari esiga tushib, bundan jahli chiqadi va o‘zini boshqara olmasdan yonida bo‘lgan pichog‘ini olib, B.Razzakov tahorat qilib o‘tirgan joyiga ortidan borib, bir necha marotaba tanasining bosh va bel qismlariga pichoq uradi.

Shundan so‘ng orada B.Razzakov uning nafsoniyatiga tegib so‘kingani, bundan yanada g‘azablanib, uning tanasiga yana bir necha marotaba pichoq urib tashqariga chiqib ketadi. Keyin pichoqni olib “Navbahor” MFY binosiga kiradi va pichoqni u yerdagi fuqaroga berib, IIB profilaktika inspektoriga bo‘lib o‘tgan holatni aytib beradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergov harakatlari olib borilib, ish sudga yuboriladi. 2023-yilning 2-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining hukmi bilan B.Aktamovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Shundan keyin, B.Aktamov qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘rab viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat kiritadi. Shikoyat esa qanoatlantirilmasdan, uning jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Zero, jinoyat uchun jazo muqarrar!

Rustamjon Zaripov, 
Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar