• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Davron Kabulovning otasiga tegishli mehmonxona 1,5 yil davomida gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgani aytildi
Huquq
Voqealar

Davron Kabulovning otasiga tegishli mehmonxona 1,5 yil davomida gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgani aytildi

  • 02.10.2024 / 10:53
  • 148
  • 0
111

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022-yil 24-fevraldan 2023-yil 18-oktyabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz ta’minoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga o‘rnatilgan tamg‘ani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi ta’sir aralashuvida uzishga erishib, jami 907.558 kub metr miqdoridagi 344 mln. 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2024-yil 27-mart kungi hukmiga ko‘ra, R.Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘rilik) bilan aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.

Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln. 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali foydasiga undirilgan.

Davron Kabulov esa mazkur holatga munosabat bildirib, prokuratura va gaz ta’minoti korxonasi mas’ullarining xatti-harakatlaridan norozi ekanligini bildirgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar