• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Chiqindidan qarzi bor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilmaydi
Jamiyat

Chiqindidan qarzi bor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilmaydi

  • 29.10.2024 / 21:30
  • 501
  • 0
111

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan "musor"dan qarzi borlar to‘liq elektrdan uzilishi haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishi haqida xabar bergan.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida ko‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan iste’molchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz, deyiladi rasmiy xabarda.

E’tiborga olish lozim, bu yerda Prezidentning yuqoridagi Farmoniga muvofiq elektrdan uzish haqida emas, elektr uchun to‘lov qilishni vaqtinchalik cheklash haqida gap ketyapti.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar