• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Boshqarma boshlig‘i tanqid qilgan shifoxonadagi kamchiliklar bartaraf etilibdi
Jamiyat
Tibbiyot

Boshqarma boshlig‘i tanqid qilgan shifoxonadagi kamchiliklar bartaraf etilibdi

  • 13.11.2024 / 22:19
  • 247
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov O‘zbekiston tumani Markaziy shifoxonasida tungi reyd o‘tkazib, shifoxonadagi holatlar video tasvirga olingan va u o‘zining instagram sahifasiga 6-noyabr kungi holat ekanligi aytilgan holda joylagan. Ushbu video kecha, 12-noyabr kuni Vodiy24.uz saytining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylangan edi.

Bugun, 13-noyabr kuni holat yuzasidan O‘zbekiston tuman Tibbiyot birlashmasi quyidagi ma’lumotni taqdim etgan.

Unga ko‘ra, 2024-yil 6-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov Qaxramonovich tashrif buyurib, markaziy shifoxona bo‘limlari xolatini o‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, shifoxonaning 3 – Reabilitatsiya bo‘limida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani sababli bemorlar qabul qilish va davolash ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. Bo‘limga qurilish materiallari olib kelinib, bo‘lim kirish qismiga vaqtinchalik qo‘yib qo‘yilgan.

6-noyabr 2024-yil kungi favqulodda vaziyat bo‘lib, yuqumli kasalliklar bo‘limida bemorlarni soni ortishi va joylashtirish ishlari qiyin kechganligi sababli, ma’lum bir bemorlarni ushbu bo‘limga davolash uchun joylashtirilgan.

Yil yakuni bo‘yicha yaroqsiz va ta’mirtalab holatga kelgan invertarlar hisobdan chiqarilib, bo‘limning vaqtincha to‘xtatilganligi sababli bo‘lim xonalarning birini balkon qismida saqlanayotgan edi. Kuzatilgan kamchiliklar shu kunning o‘zida bartaraf etildi.

Tug‘ruq kompleksi ayrim xonalari ta’mirlanayotganligi hamda xashoratlarga qarshi dori vositalari sepilganligi sababli onalar va chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan invertarlar bo‘lim koridorida saqlanayotgan bo‘lib, ushbu kuzatilgan holat bartaraf etildi hamda bo‘lim xonalari eshiklari raqamlanib, bo‘limda saqlanayotgan ortiqcha nosoz holatga kelgan yumshoq va qattiq invertarlar olib chiqib tashlandi.

Markaziy shifoxona hududdida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Boshqa bo‘limlarda ham yuqorida keltirilgan kamchiliklar kuzatilmasligi va oldini olish maqsadida bo‘limlardagi dori-darmon vositalari qaytadan ko‘rilib, talabnoma asosida kerakli dori-darmonlar bilan to‘ldirildi. Qo‘l yuvgich jumraklari, xonalar yoritilishi uchun nosoz lampalar, ta’mirtalab invertarlar ko‘zdan kechirildi va xonalar eshiklari raqamlashtirildi. Eski holatga kelgan maxsus belgilar yangilandi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, bunday xolatlar qayta takrorlanmasligi bo‘yicha bo‘lim mudirlari hamda katta hamshiralarga ko‘rsatmalar berildi, deyiladi ma’lumotda.

P/s: yaxshiyam boshqarma boshlig‘i borib, shu kamchiliklarni ko‘rsatib beribdi. Aks xolda yana qancha turar edi?! Boshqa tuman shifoxonalari ham boshqarma boshlig‘ining tashrifini intizorlik bilan kutmoqda ekan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar