• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Siyosat O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolar bog‘liq yangi qonun ijrosi qanday ta’minlanadi?
Siyosat
Jamiyat
Iqtisodiyot

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolar bog‘liq yangi qonun ijrosi qanday ta’minlanadi?

  • 06.11.2024 / 21:38
  • 312
  • 0
111

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida har bir shahar va tuman Xalq deputatlari Kengashining tegishli qarori qabul qilinadi.

Qonunga asosan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan reja-jadval tasdiqlanadi.

Mazkur xatlov jarayonlarini amalga oshirish va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hech qayerga murojaat etish talab qilinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga oid ma’lumotlar va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumotlar va hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish (biriktirish) jarayonining birinchi bosqichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishincha ijara va mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqiladigan yer uchastkasining, binoning yoki inshootning elektron yig‘majildi yaratiladi.

Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishning ikkinchi bosqichida ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar yuborilgan elektron yig‘majildni ko‘rib chiqadi va ma’lumotlar hamda hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish (biriktirish) orqali amalga oshiradi.

O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekiston hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlardan bir martalik to‘lov undiriladi.

Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravari, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida 3 baravari miqdorida, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida to‘lov qilinadi. Hozirgi vaqtda BHM miqdori 375 ming so‘mga teng.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar