• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim 17 noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” tarixi
Fan va ta'lim

17 noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” tarixi

  • 17.11.2024 / 09:39
  • 144
  • 0
111

Albatta, bu bayramni hozirda yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog‘liq. Bu kunning kelib chiqishi 1939-yilga borib taqaladi. 

Xususan, 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan bosib olingan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o‘qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta’lim bayramini nishonlash va mustaqillik uchun namoyishga chiqqanlar.

Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to‘polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o‘ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi.

17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o‘rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o‘ldirilgan.

Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o‘quv yurtlari yopilgan. Bu voqealar 1941-yilda London shahrida bo‘lib o‘tgan talabalar anjumanida muhokama qilindi va 17-noyabr - rasman Xalqaro talabalar kuni deb e’lon qilindi. Ushbu kun talabalarning erkinlik va tenglik uchun kurashini eslatib turish uchun tanlangan. Hozirga kelib, dunyoning ko‘pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

Talabalar kunining ahamiyati

  1. Talabalarning roliga e’tibor qaratish:

Talabalar jamiyatning faol qatlami bo‘lib, ularning tashabbuslari, innovatsiyalari va faolligi har qanday davlat taraqqiyoti uchun muhim.

  1. Ta’lim ahamiyatini targ‘ib qilish:

Bu kun ta’limning global rivojlanish va barqaror kelajak yaratishdagi ahamiyatini eslatib o‘tadi.

  1. Talabalar huquqlarini himoya qilish:

Jahon bo‘ylab talabalarning huquqlari, erkin ta’lim olish imkoniyatlari va ijtimoiy faoliyatiga e’tibor qaratilgan.

Dunyoda Talabalar kuni qanday nishonlanadi?

  • Konferensiyalar va tadbirlar: Talabalar tashkilotlari turli ma’ruzalar, forumi va uchrashuvlar tashkil qiladi.
  • Madaniy va ijtimoiy tadbirlar: Universitetlarda konsertlar, sport musobaqalari va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
  • Talabalar muammolariga e’tibor: Xalqaro tashkilotlar yoshlar ta’limi va huquqlarini himoya qilish masalalarini ko‘tarishadi.

O‘zbekistonda Talabalar kuni

O‘zbekistonda ham bu kun yoshlar uchun turli madaniy tadbirlar, yoshlar forumlari, sport musobaqalari va ta’limga oid tashabbuslar bilan nishonlanadi. Bu bayram talabalarning iqtidorini namoyon qilish va ularning ijtimoiy hayotdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida xizmat qiladi.

Shior va ilhom

“Yoshlar – kelajak poydevori!” degan qarash ushbu kunning mohiyatini aks ettiradi. Talabalar kuni nafaqat ta’lim, balki yoshlar uchun ijtimoiy adolat, erkinlik va imkoniyatlar kurashini yodga soladigan kundir.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar