• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada erining ammasini Umraga yuboraman deb pul olgan kelin javobgarlikka tortildi
Jamiyat
Huquq

Farg‘onada erining ammasini Umraga yuboraman deb pul olgan kelin javobgarlikka tortildi

  • 14.11.2024 / 13:42
  • 68
  • 0
111

Umra ziyorati uchun yuborishini aytib, ammasidan pul olib, va’dasini bajarmagan ayolga uch oyu uch kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Tamara Maxmudova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Uchko‘prik tumanida istiqomat qiladi, oilali, uch nafar farzandning onasi. Qarindoshlar nazarida halol, rostgo‘y ayol edi.

Bahor kunlarining birida Tamarani erining ammasi oilasi bilan mehmon bo‘lib keladi. Mehmondorchilik chog‘ida o‘zaro suhbat ziyorat masalasiga borib taqaladi. Shunda Tamara Umra ziyoratiga odam yuboradigan tanishi borligini aytib qoladi. Aslida u yolg‘on gapirgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining 2024-yil 18-iyul kungi qaroriga asosan qarzdor T.M.dan davlat foydasiga 17.000.000 so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishi qo‘zg‘atilgan.

Biroq qarzdor T.M. davlat ijrochisi tomonidan belgilangan jarimani to‘lash to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Qarzdor T.M. jarima summasini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 44-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 32 prim 1-moddasiga asosan tayinlangan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa jazo turi bilan almashtirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudiga taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnoma sud tomonidan qanoatlantirilib, belgilangan jazo o‘rniga uch oyu uch kun muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Ravshanjon Matusmonov
MIB Uchko‘prik tuman bo‘limi
davlat ijrochisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar