• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Siyosat “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning kontrakti to‘lab beriladimi?
Siyosat
Fan va ta'lim

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning kontrakti to‘lab beriladimi?

  • 10.11.2024 / 17:52
  • 295
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni ta’lim olishiga, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga va boshqa bir qator yo‘nalishlarda yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘zimizning isboti sifatida "Yoshlar daftari" davlat dasturini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Yoshlar daftari - bu yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz yoshlarni muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

Yoshlar daftariga tuman shahardagi har bir sektor kesimida mahallabay 14 yoshga yetgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar kiritiladi. Yoshlar daftariga kirishning alohida ishlab chiqilgan talablari bo‘lib, hozir ularning bir nechtasi bilan tanishtirib o‘tamiz.

- boquvchisini yo‘qotgan, yetim, ijtimoiy himoyaga muhtoj, muomalaga va mehnatga layoqatsiz, muqaddam sudlangan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar, ish haqiga ega bo‘lmagan va shu kabi bir qator toifadagi yoshlar kiritiladi.

Bu turdagi yoshlarga yordam ko‘rsatish va ularni yoshlar daftariga kiritish masalalari bilan hududiy sektorlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari, mahalla faollari va mahalla fuqorolar yig‘ini xodimlari ish olib borishadi. 

Ular yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan ularga ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish yuzasidan har yarim yilda uyma-uy yurib, ularni muammolarini o‘rganadi va yoshlar daftariga kiritish ishlarini tashkil qiladi.

Yoshlar daftariga kirishni bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirish mumkin. Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchilariga ariza berish orqali, bunda ular ariza beruvchini turmush sharoitlarini o‘rganib chiqadi va yuqorida ko‘rsatilgan toifalardan biriga mansub bo‘lsa, yoshlar daftariga kiritadi.

yoshlardaftari.uz sayti orqali ariza berish, bunda yoshlar rasmiy saytga kirib zaruriy ma’lumotlarni kiritadi va ariza shaklini to‘ladiradi. Shuningdek, saytdan ariza berishni qulayliklaridan biri shuki, bunda ariza beruvchining ma’lumotlar xavfsizligi saqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Uchinchi yo‘nalishi esa 1003 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirish mumkin. Bu yoshlarga telefon orqali tez, qisqa va oson ariza qoldirishni ta’minlaydi. Shu jumladan, yoshlarni arizalari 5 kun ichida o‘rganib chiqilib, tegishli javoblar beriladi.

Yoshlarning murojaatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn ravishda sektor rahbari va kotiblariga ko‘rib chiqilishi uchun tavsiya etiladi. Sektor rahbarlari 3 kun muddatda yoshlarni individual arizalarini ko‘rib chiqishni tashkil etadi va ularni arizalari vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi, ma’lumotlar bir-biriga to‘g‘ri kelsa, ularni yoshlar daftariga kiritiladi.

Sektor rahbari bir hafta muddatda yoshlarni muammolarini bartaraf qilish maqsadida yo‘l xaritasini ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman kengashlariga kiritadi. Yo‘l xaritasi tasdiqlangandan keyin ijrosini ta’minlash uchun sektor rahbarlariga yuboriladi.

Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordamlar ko‘rsatiladi:

- moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga subsidiyalar, kasb-hunar, haydovchilik va qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish to‘lovlari to‘lab beriladi, o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib beriladi, jumladan, yoshlar daftariga kiritilgan yosh oilalarga turar-joy kompensatsiyasi to‘lab beriladi va ularni oliy ta’lim olish va shaxsiy rivojlanishi uchun eng muhim imtiyozlardan biri bo‘lgan Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarni O‘zbekistondagi har qanday, shu jumladan xususiy, xorijiy OTMlarda, texnikum, kollejlarda tahsil olayotganlar ham kontrakt bo‘yicha imtiyozlardan foydalanishi mumkin. 

Bundan tashqari bu turdagi imtiyozlardan faqat bakalavrda tahsil olayotgan talabalar emas,  balki magistratura bosqichida o‘qiyotgan yoshlar ham foydalanishi belgilab qo‘yilgan.

Bunda bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlarida, magistraturaning esa faqat kunduzgi yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirayotgan bo‘lishlari kerak.

Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga kontrakt to‘lovini to‘lab berishni bir nechta talablari mavjud bo‘lib, ular quydagilar:

- kontraktning 50 foizgacha qismi to‘lab beriladi, biroq bunda kontrakt to‘lab berish miqdori BHMning 50 baravaridan oshmasligi belgilangan. Masalan bir talabaning kontrakti 38 million so‘m uning yarmi esa 19 million so‘mni tashkil qiladi, tabiyki bu ko‘rsatkich BHMning 50 baravaridan yuqori, unga kontraktning yarmi emas balki BHMning 50 baravari, ya’ni 16 mln 500 ming so‘m to‘lab beriladi.

Ikkinchi talabaning kontrakti esa 16 mln 495 ming uning kontraktining yarmi 8 mln 247 ming miqdorida to‘lab beriladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda yoshlar o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘qish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zini band qilishi uchun ijtimoiy, ma’naviy va eng asosiysi moddiy imkoniyatlar ko‘lami kundan-kunga ortib bormoqda. 

Jumladan, o‘tgan yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 49 453 nafar talabaga ta’limni davom ettirishi uchun 132 mlrd. so‘m kontrakt pullari to‘lab berilgan. Bundan tashqari ishsiz bo‘lgan 18 544 nafar yoshga 59,8 mlrd. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilib, mahallaning o‘zida bandligi ta’minlangan. Band bo‘lmagan 17 321 nafar yosh ilm-fan, zamonaviy kasblar van haydovchilikka o‘qitilib, 26 mlrd. so‘m o‘quv-kurs xarajatlari to‘lab berilgan. Ushbu ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sahifalarida e’lon qilingan.

Bunday imkoniyatlar yoshlarning o‘zini rivojlantirishi, ta’lim olishi va ish bilan ta’minlanishi borasidagi juda katta islohotlar samarasi deb ayta olamiz.

Dostonbek Anvarov, 
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar