• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat "Moyka"dan chiqqan suv qayoqqa ketadi...?!
Jamiyat

"Moyka"dan chiqqan suv qayoqqa ketadi...?!

  • 07.09.2024 / 15:31
  • 370
  • 0
111

Mashina yuvish uchun "samomoyka"lar juda urf bo‘ldi. Ularda, odatda, faol kimyoviy vositalar (aktivnaya ximiya) ishlatiladi. Ushbu vositalar tarkibida, umumiy olinsa, anionli va kationli sirt faol moddalar (SFM), ETDA (etilendiamintetrasirka kislotasi) tuzlari, natriy ishqori va turli buyoqlar mavjud. Asosiy moddalari anionli SMF hisoblanadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, 15% gacha shunday birikmalar qo‘shiladi. Anionli SFM kimyoviy jihatdan o‘ta faol hisoblanadi. Qiyin eruvchan yog‘larni ham eritadi.

"Moyka"ga boradiganlar sezgan, lekin e’tibor bermagan bir narsa: faol kimyoviy vosita sepayotganingizda nafas olishingiz qiyinlashadi. Bu anionli SFMning ta’siridir. Bu moddalar gipoksiya - nafas olishni qiyinlashtiradi. Tez-tez mashina yuvadiganlar bora-bora to‘liq nafas olishga qiynaladi. Yuqoridagi vositalar allergiya chaqiradi. Buyrak va jigar kabi muhim a’zolarga ta’sir etadi.

"Moyka"dan chiqqan suv qayoqqa ketadi? Uning nazorati bormi?

Bu savolga men javob bera olmayman. Hozir nafaqat shaharlarda, balki tuman va qishloqlarda ko‘paymoqda avtomoykalar. Bu joylarda oqar suvlar "moyka"larning "faol kimyo"sidan himoyalangan emas. Har kuni tonna-tonna zaharli oqava oqiziladi, qayoqqa oqayotgani, tabiiy manbalar - ekotizimga ta’siri ilmiy tahlil etilgan emas.

"Moyka"lardagi kimyoviy vositalarga qanday asosda ruxsat berilgan, bilmayman.

Tuproqlarimiz zaharlangan deb sobiq Ittifoqni qoralaymiz, yomonlaymiz. Lekin hozirgi bu ishimizga qanday baho beramiz? Men "moyka"larga qarshi emasman, lekin kimyoviy vositlarni cheklash kerak! Bu vositalardan hech kim himoyalangan emas. Sababini yuqorida keltirdim: uning oqavasi baribir aylanib-aylanib ichimlik suviga qo‘shiladi!

Oqava suv bug‘lanib havoga singib ketishi mumkin, lekin uning tarkibidagi hamma modda tuproqda qoladi, boshqa suv manbasi baribir uni "topib" oladi.

Balki bizda hali maishiy kimyoviy vositalar haqida qonunchilik yo‘qdir, bundan xabarim yo‘q. Agar bo‘lmasa, qonunchiligini ishlab chiqish vaqti yetgan.

Onkologik kasalliklar ko‘payib ketganini ko‘p gapiramiz. Unutmaslik kerakki, bu kasallikning eng asosiy manbasi - maishiy kimyoviy vositalar! "Moyka"ning moddalari, oshxonangizdagi yuvish vositalari!

Umid qilamanki, fikrim mutasaddilarga yetib boradi va masala ijobiy yechim topadi.

Baxtiyor Abdug‘afur,
biolog, jamoat faoli

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar