Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar uchun to‘lov-kontrakt pullari to‘lanadi:
Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlangan o‘quvchi-talaba;
Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam ta’minlangan talaba;
Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida:
Bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
Magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m)dan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Quyidagi toifalarga esa to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish nazarda tutilmagan:
Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
Qo‘shma ta’lim dasturlari;
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari