• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Saxovatga to‘la amallar
Jamiyat

Saxovatga to‘la amallar

  • 22.06.2022 / 17:39
  • 133
  • 0
111

Qiyinchilik damlarda suyanchiq bo‘lish, moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan. Qadri baland qadriyatlar tufayli o‘ksik ko‘ngillar qalbiga quvonch, shodlik ulashilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-qo‘vvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondining shahar, tuman bo‘linmalari huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari tomonidan viloyatdagi “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand 926 nafar oilalarning (3191 nafar) shakllantirilgan ro‘yxat asosida har bir a’zosiga 20 kilogrammdan 319 mln. 100 ming so‘mlik, umumiy miqdorda 63820 kilogramm bepul un tarqatildi.

– Ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan cheksiz minnatdorman, – deydi Dang‘ara tumanidagi “Katta turk” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Vasila Kimsanova. – Saxovat tadbirlari doirasida 120 kilogramm un mahsuloti oldik.

“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida umrguzaronlik qilayotgan Gulolaxon Holiqova oilasi “Temir daftar”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj. Qaramog‘ida 6 nafar farzandi bor. Saxovat amallari doirasida bu oila a’zolarning har biriga 20 kilogrammdan bepul un yetkazib berildi.

Shuningdek, viloyatdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 8350 nafar oilalarning (34246 nafar) har bir a’zosiga ham umumiy qiymati 3 mlrd. 424 mln. 600 ming so‘mlik bepul un tarqatish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar