• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratib berilmoqda
Jamiyat
Iqtisodiyot

Farg‘onada yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratib berilmoqda

  • 12.04.2024 / 21:53
  • 608
  • 0
111

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2024-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga qishloq xo‘jaligi yerlaridan tarqatish va serdaromad ekin ekib, ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar xususida so‘z borgan edi.

Mazkur ishlarni samarali tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga asosan Farg‘ona viloyatida dehqonchilik qilish istagini bildirgan 21 359 nafar yoshlarga 5 000 gektar “E-ijara” platformasi orqali zaxira yer maydoni ajratilishi rejalashtirildi.

Bunda, 4 375 gektar paxta va 121 gektar g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga ajratish hamda 969 ta konturdagi 4 945 gektar suvli ekinlar, 85 gektar ko‘p yillik daraxtzor yerlari, 236 gektar boshqa ekin yer maydonlarini ajratilishi belgilab olindi.

Bugungi kun holatiga viloyat bo‘yicha 21 271 nafar yoshlarga ajratilishi rejalashtirilgan 4 831 gektar ekin yer maydonlaridan foydalanishga yaroqlilik bo‘yicha “mahalla yettiligi”ning tasdiqlangan dalolatnomalari asosida, yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, “E-Auksion” elektron platformasi orqali onlayn savdolarda ishtirok etish hamda yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish uchun ijobiy tavsiyalar berilgan.

Xozirgi kunda viloyatning barcha xududlarida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yerdan samarali foydalangan holda mo‘may daromad olishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida unumdor yer maydonidan yoshlarga ijara asosida yer ajratib berish ishlari olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar