• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Botir Qodirov otalikni belgilash yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritdi
Jamiyat

Botir Qodirov otalikni belgilash yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritdi

  • 23.04.2024 / 19:06
  • 173
  • 0
111

Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024-yilning 19-mart kuni kelib tushgan.

Bugun, 23-aprel kuni sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2-mayga qoldirilgan.

Da’vo arizaga Adliya vazirligi huzuridagi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassisining 2023-yil 29-sentyabrdagi fikri ilova qilingan. Ilovada Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekani bo‘yicha fikr berilgan.

Yangiyo‘l tumani FHDYO bo‘limi tomonidan 2008-yil 26-fevral kuni familiyasini «Jo‘rayev»dan «Qodirov»ga, otasining ismini «Sherali o‘g‘li»dan «Sheraliyevich»ga o‘zgartirgani haqidagi ilovalar sudga taqdim etilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar