• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Aliment to‘lamay yurgan ota yashash xonadonidagi “quduq”dan topildi
Jamiyat

Aliment to‘lamay yurgan ota yashash xonadonidagi “quduq”dan topildi

  • 23.04.2024 / 20:23
  • 318
  • 0
111

Ex otalar, otalar! Shu quduq qolgan edi yashirinmaganlaring, undan ko‘ra farzandingiz haqqini to‘lab, qaddingizni tik tutib yurmaysizmi, axir begona emasku, ayrim insonlar yetti yot begonalarga ham ehson qilyaptiku.

Sizning rafiqangiz bilan mojaronggizga go‘dakning aybi ne axir?!

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandini moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor yashash xonadonidagi “quduq”dan topildi.

Gap shundaki, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Saidjon turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketadi va ikkinchi tomon farzandini moddiy ta’minlamay qo‘yadi. Shundan so‘ng, ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandining haqqini talab qilib sudga murojaat qiladi.

Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi Zamiraxon foydasiga ikki nafar farzandlari uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilanadi. Sud ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Biroq, ota aliment to‘lamaslikni o‘ziga odat qilib, voyaga yetmagan farzandlari uchun mablag‘ni qizg‘anadi. Qarzdorlik 10 mln. so‘mdan ortib ketadi. Ustiga-ustak ishlash maqsadida Toshkent shahriga borib, “berkinib” yuradi.

Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilinib, boshqarma inspektorlari huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda topish chorasini olib borishdi. Natijada Toshkent shahridan yashash xonadoniga kelganidan xabar topgan xodimlar uning yashash xonadoniga borishganda, oila a’zolari uni kelmaganini bildirishdi. Xonadonning yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda esa qarzdor Saidjon yangi kovlanayotgan “quduq” ichidan topildi.

Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartib bo‘yicha davlat ijrochisiga topshirildi. Bu otaning keyingi taqdiri nima bo‘lganligini esa keyingi xabarlarda ma’lum qilamiz...

Qaxramonjon Xoshimov
MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi inspektori

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar