• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan forumda 50 dan ortiq shartnomalar imzolandi
Fan va ta'lim

Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan forumda 50 dan ortiq shartnomalar imzolandi

  • 25.04.2024 / 20:12
  • 275
  • 0
111

Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari, ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirokida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum tashkil etildi.

Unda viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, mutasaddi tashkilot va boshqarmalar mas’ullari, biznes va ishlab chiqarish korxonalari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakili Tomas Luks, Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – viloyatdagi professional ta’lim muassasalarida bir paytning o‘zida ham o‘qish, ham ishlash imkonini beruvchi dual ta’lim bo‘yicha o‘quvchilar qabuli ko‘rsatkichini yuksaltirish, bu tizimning professional ta’lim muassasalari va ish beruvchi korxonalar uchun afzallik jihatlarini muhokama qilish, ilg‘or xorijiy amaliyot namunalarini mahalliy sharoitga moslashtirish, shuningdek, dual ta’lim bo‘yicha ish boshlagan korxonalar tajribasini ommalashtirishdir.

Ishchan ruhda o‘tgan Forum yakunida viloyatdagi 50 dan ortiq korxona-tashkilotlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida dual ta’limni joriy etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar