• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim O‘quvchilar bilan uchrashuv
Fan va ta'lim

O‘quvchilar bilan uchrashuv

  • 07.12.2023 / 19:07
  • 814
  • 0
111

Bagʻdod tumani 56-umumta’lim maktabida Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkillandi.

Maktabning 8-11 sinf oʻquvchilari bilan Guliston MFY profilaktika noziri hamda Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi E.Ortiqov o‘rtasida sa‘mimiy muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda E.Ortiqov konstitutsiyamizga kiritilgan oʻzgarishlar haqida yigʻilganlarga tushunchalar berdi. Berilgan savollarga javob bergan oʻquvchilarga maxsus sovgʻalar topshirildi.

Guliston MFY profilaktika noziri ham oʻziga taalluqli masalalar bo‘yicha, shuningdek, oʻzgargan qonunlar va moddalar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar