• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Kreditlarga kafil bo‘lishdan oldin oqibatlari bilan tanishib chiqing!
Jamiyat
Huquq

Kreditlarga kafil bo‘lishdan oldin oqibatlari bilan tanishib chiqing!

  • 28.03.2024 / 20:58
  • 1077
  • 0
111

Kafil kim? Kafil – bu kafillik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oluvchi shaxs (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasi).

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida kredit qarzdorligi bor fermer xo‘jaligining ikki nafar kafilining mulklari hatlandi.

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga  ajratilgan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, muddati o‘tgan qarzdorliklarni bartaraf maqsadida Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, viloyat tijorat banklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, sud qarorlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining tegishli ijro varaqasiga asosan qarzdor "Habibullaev Nurullo" fermer xo‘jaligidan 1 mlrd 378 mln miqdorida kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni qo‘shimcha qarzdorlarning garov mulki sifatida qo‘yilgan mol-mulklarga qaratish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli garov mulklari bo‘lgan:

  1. "MERCEDES BENZ SPRINTER" rusumli avtotransport vositasi;
  2. Qo‘shimcha qarzdor G‘.U.ga tegishli Savdo do‘koni bino-inshootlari;
  3. Qo‘shimcha qarzdor J.Y.ga tegishli dala shiyponi bino-inshootlari tegishli tartibda ruyxatga olinib xatlandi.

Majburiy ijro byuro organlari tomonidan bu kabi amaliy tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda. Shu bois barcha yurtdoshlarimizdan mana shu kabi holatlarga tushmaslik uchun kredit oluvchiga kafil bo‘lishdan avval uning oqibatlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

Begali Xomidov
MIB O‘zbekiston tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar