• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim “Ta’limdagi korrupsiya – kelajakka xiyonat"
Fan va ta'lim

“Ta’limdagi korrupsiya – kelajakka xiyonat"

  • 15.03.2024 / 16:42
  • 387
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida “Ta’limdagi korrupsiya – kelajakka xiyonat” mavzusida tadbir tashkillandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar qildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi mutaxassisi E.Xudaybergenov, boshqarma apparat xodimlari, shuningdek, ZOOM dasturi orqali joylardagi studiyalarda shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarning rahbar hamda xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda Xudaybergenov Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi qonunbuzarlik holatlarining kelib chiqish omillari, uni bartaraf etish chora-tadbirlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Davlat dasturi doirasida ta’limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilayotganligi, unga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 16 ta ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va undagi talablar bilan har bir soha xodimi tanishib chiqishi hamda rioya etishi muhimligi ta’kidlandi. 

Vazirlik mutaxassisi tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarning odob-axloq qoidalariga, “Pedagoglar maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga ham alohida to‘xtaldi.

Tadbir doirasida budjet hamda davlat xaridlari bilan bog‘liq mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish shartlari borasida ham fikrlar aytildi. Noan’anaviy tarzda o‘tgan yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi, deyiladi boshqarma xabarida.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar