Energetika sohasidagi eng ilg‘or kompaniyalardan biri "Elektroshit Samara" kompaniyasi direktori D.Kupriyanov taklifiga binoan, ayni vaqtda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ bosh direktori hamda Energetika Vazirligi tasarrufidagi korxonalar rahbarlaridan tashkil topgan delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya ishtirok etayotgan "Elektr taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ishonchliligini oshirish" mavzusida boshlangan konferensiyada 50 dan ortiq Rossiya Federatsiyasining yetakchi kompaniyalari hamda 300 nafardan ortiq ekpertlar ishtirok etmoqda.
Tashrifdan asosiy ko‘zlangan maqsad yurtimizning energetika sohasidagi modernizatsiya jarayonlarida bugungi kundagi eng ilg‘or, sifatli va albatta yuqori samaradorlikka ega elektr qurilmalarini joriy etish hamda foydalanish nazarda tutilgan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari