• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Deputat fikri: “Noprofessionallik, sharmandalik!”
Siyosat
Jamiyat
Iqtisodiyot
Jamiyat

Deputat fikri: “Noprofessionallik, sharmandalik!”

  • 06.12.2021 / 10:36
  • 967
  • 0
111

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Jabborov bugungi televidenie, telekanallardagi noxush holat haqidagi fikrlarini e’lon qildi.

“SevimliTV” bosh muharriri e’tiboriga! (boshqalar xulosa chiqarsin)

Agar Sizda efir sifati tushunchasi yoki ozgina siyosiy farosat bo‘lsa, o‘zingizni oqlang va shu postga javob bering!

«Mardikor ayol» serialining 4 dekabrdagi seriyasida qandaydir tikuvchilik sexi bilan bog‘liq epizodlar efirga berildi. Xuddiki, bugungi O‘zbekistonda (!) inson huquqlarini ochiqchasiga cheklash, odam savdosi, oshkora zo‘ravonlik, odam o‘ldirish yoki hayotiga tahdid qilishdek jinoyatlar jaydaricha aytganda, be-ma-lool va oddiy hol ekanini anglatadigan sahnalar qo‘yildi. Ko‘rganlar bo‘lsa, oylik maoshini so‘ragan tikuvchi ayol pistolet bilan otib o‘ldirildi?!

Eng yomoni, hozirgi zamon tadbirkori ko‘rinishidagi sub’ekt shunaqa og‘ir jinoiy ishlar bilan erkin shug‘ullanib yuruvchi uyushgan zo‘ravon to‘da (go‘yoki 90-yillardagi kabi mafiya) ekani aks ettirilgan.

Farosat degani serial rejissyorida bo‘lmasa, TV bosh muharririda «efir ko‘zi» qayoqda qoldi? Tomoshabinning ustidan kulishni kasb qilgan bo‘lsangiz ham, O‘zbekiston degan yurtingiz sha’nini haqiqatdan yiroq, mutlaqo xato va savodsizlarcha qarashlaringiz evaziga bulg‘amang! Shundog‘am, bugungi TV axborot maydonini noprofessionallarcha sharmanda qilib bo‘ldingizlar! Auditoriya va pul uchun bir to‘da «arts» yo «otarchi»ga efirni bo‘shatib berilyapti, besharm shoularu reklamalar uchun ishlanyapti. Tahlil, telejurnalistika 1%...

Buning uchun qaysidir uyg‘oq vijdon javob berishi shart emasmi? O‘sha vijdon kimda o‘zi? Agar «yo‘q» desangiz, maoshingiz nohalol bo‘ladi. Harqalay, toza jurnalist tomirida «halol non» qoni oqishi kerakligini bilmasligingiz mumkinmas.

Jurnalistlar uyushmasi, AOKA jazolasin demayman, foydali va ta’sirchan master-klass tashkillasa, shu katta gap...”, deyiladi deputatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar