• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Fargʻonada koʻchada turgan “Gentra”ni oʻgʻirlab ketgan shaxslar ushlandi
Huquq
Voqealar

Fargʻonada koʻchada turgan “Gentra”ni oʻgʻirlab ketgan shaxslar ushlandi

  • 06.01.2022 / 19:46
  • 675
  • 0
111

2022-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston tumani Tadbirkorlar koʻchasida yashovchi fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, uning yashash xonadoni oldidan oq rangli “Gentra” rusumli avtomashinasini oʻgʻirlab ketilganligini aytib, tegishli chora koʻrilishini soʻragan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan tezkor qidiruv, surishtiruv ishlari olib borilgan. 

Natijada holatni fuqaro O.S va S.A.lar bir guruh boʻlib, 4-yanvar kuni tungi soat 01:30 dan 02:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida  tumanning Tadbirkorlar koʻchasida yashovchi M.A.ning yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan oq rangli “Gentra” rusumli avtomashinasini kalit tanlash yoʻli bilan ochib, avtomashinani olib qochib ketadi. Namangan viloyatida yashovchi tanishining yashash xonadoniga olib borib, unga ushbu avtomashinani jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritganligini aytmasdan sotib ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar