• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xayrli kunlar saxovati
Jamiyat

Xayrli kunlar saxovati

  • 20.04.2022 / 12:06
  • 244
  • 0
111

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Bu ko‘hna  qadriyatlar ko‘lami kundan-kunga rivojlanib bormoqda.

Ayniqsa, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga  oshirilayotgan tizimli ishlar mehrga muhtoj ko‘ngillarga shodlik, quvonch olib kirmoqda.

Rishton tumanidagi “Jahonobod” MFY hududida yashovchi Lazokat Abdumajidova yaxshilar ko‘magidan minnatdor. Turmush o‘rtog‘ini Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanishiga amaliy yordam berish borasida qilgan murojaati qanoatlantirildi. Unga  “Mahalla” xayriya jamoat fondi Rishton tumani bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 22 000 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

"Abdullaboyon" MFY hududida yashovchi  O‘tkirjon  Mirsoliev bir necha yildirki,  buyrak xastaligiga duchor bo‘lgan. Davolanish uchun  imkoniyati yo‘q.  “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi  bu oilaga ham amaliy yordam qo‘lini cho‘zib, 25 000 000 so‘m mablag‘ ajratdi.

 – Mehr-saxovat yo‘lida amalga  oshirilayotgan tashabbus va saxovat amallari kundan-kunga bardavom bo‘lib bormoqda, – deydi “Mahalla” XJF Rishton tuman bo‘linmasi raisi Sayidjon Niyozov. – O‘tgan yilning o‘zida ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, voyaga yetmagan yetim bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 2041 nafar ehtiyojmand   oilalarga 1 156 600 000 so‘mlik oziq-ovqat vositalari, dori-darmonlar, moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar