• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xayrli amallar etadi davom...
Jamiyat

Xayrli amallar etadi davom...

  • 06.05.2022 / 11:50
  • 494
  • 0
111

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan joylarda katta shodumonlik, xursandchilik, mehr-saxovat amallari yanada quloch yoydi. Ko‘chalar, mahalla guzarlari, ziyoratgohlar, qabriston va masjidlar, tarixiy obidalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Saxovatpesha insonlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda keksalar holidan xabar olindi, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi.

Qo‘shtepa tumani “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig‘ini, Olmazor ko‘chasi, 75-uyda yashovchi Jamila Abdurahmonova 2-guruh nogironi, ijtimoiy himoyaga muhtoj. Topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi. Hayit bayrami munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi xodimlari bu xonadonda bo‘lib, nogironlik aravasi va 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdi.

– Ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda minnatdorman, – deydi Jamila opa sevinch to‘la ko‘zlariga yosh olib. – Hamisha yaxshi kishilar ko‘magini his qilib yashayman. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik hayotga bo‘lgan ishonchimni oshirmoqda, yangi maqsad va rejalar yo‘lida harakat qilish imkoniyatini bermoqda.

Marg‘ilon shahar Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini, Nurafshon ko‘chasi, 24 “b”-uyda yashab kelayotgan Aysha Niyozalieva mahallaning yoshi ulug‘ kishilaridan. Bu yil 88 yoshni qarshi oldi. Keksalik sabab harakatlanishda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Bayram munosabati bilan qutlug‘ yoshli onaxon yo‘qlandi, nogironlik aravasi sovg‘a qilindi.

– Xalqimizga xos bo‘lgan azaliy qadriyatlar Hayit kunlarida yanada bardavom bo‘ldi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodir Yulbarsov. – Beva-bechoralar holidan xabar olindi, faqiru kambag‘allarga moddiy yordam ko‘rsatildi, hayitlik sovg‘alari ulashildi. Fond qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 7000ga yaqin fuqarolarga 2 mlrd. 600 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Viloyat bo‘ylab ommalashgan ezgu tadbirlar har bir tuman, mahallalar kesimida uyushqoqlik va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.

“Mahalla” XJF viloyat bo‘limi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar