• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat To‘ydagi axmoqona o‘yin yohud mag‘lubiyatni ko‘tara olmagan kuyov
Jamiyat
Qiziqarli

To‘ydagi axmoqona o‘yin yohud mag‘lubiyatni ko‘tara olmagan kuyov

  • 15.06.2022 / 16:13
  • 685
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kuni sahnada kelin-kuyov o‘yin o‘ynab, musobaqalashgani, natijada yigit yutqazib, alamidan kelinni urgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir kuyovning “mard”ligini maqtagan bo‘lsa, yana kimlardir kelinning omma oldida tahqirlanganini salbiy baholadi.

Maʼlum bo‘lishicha, kuyov asli surxondaryolik bo‘lib, Sergelidagi mashina bozorida aravakash bo‘lib ishlaydi. Tabiatan sipo, kamgap yigit to‘yini o‘tkazish uchun Surxondaryoga borgan.

Mag‘lubiyatni ko‘tara olmagan kuyov

Ne-ne orzu-umidlar bilan oq libos kiyib, malikalardek bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan baxt kunini nishonlayotgan kelinchak omma oldida tahqirlansa, buni qanday izohlash mumkin? Kelinchakni endi odamlar “to‘yida kaltak yegan kelin” deya eslashadimi? Аchinarlisi, yon-atrofda hamma qo‘l qovushtirib, tomoshabin bo‘lganidir. Qizig‘i, mazkur holat yuzasidan hech qanday munosabat bildirilmadi. Аslida, baxt ostonasida turgan qizning to‘yi kuni bo‘lajak turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanishi jamiyat uchun og‘riqli. Birgina tarsaki uning ruhiyatiga qanchalar zarba bo‘lganini tasavvur etish qiyin.

O‘zi to‘y kuni ikki yoshning omma oldida qandaydir o‘yin o‘ynashi qaerdan paydo bo‘ldi? G‘arbdan kirib kelgan mentalitetning og‘ir oqibati shu emasmi, aslida? Kelinga yutqazgan kuyov uni urib, nimani isbotlamoqchi bo‘ldi? Kuyov bu bilan mahalla-ko‘y, oshna-og‘aynilari oldida “ko‘rib qo‘yinglar, men xotinimdan ustunman” degandek qildimi?

Ko‘pchilik yigitni ayblayapti hozir, to‘g‘ri u qizishib ketib, o‘zini to‘xtata olmadi. To‘g‘rida, to‘yning birinchi kunidan kelinga (xotinga) mag‘lub bo‘lish qaysi erkakka yoqadi? Masalaning, qiziq tomoni bu o‘yinni kim o‘ylab topdi? Nega endi kelin-kuyov o‘ynashi kerak bu o‘yinni? Bu harakat hali rostmana qurilmagan oilani fitna qilib, buzishga o‘xshaydi.

Аvvallari to‘ylarda shu kabi o‘yinlarni kuyov jo‘ralar hamda kelinning dugonalari o‘ynashar edi. Bu ham to‘yga o‘zgacha fayz bag‘ishlagan bo‘lsa kerakda. To‘y kuni kelin-kuyovga kim yutishga o‘yin o‘ynatish axmoqlikdan boshqa narsa emas.

Kelin ham yutgan bo‘lsada, kuyovdan biroz keyin harakat qilsa bo‘lar edi, agar tarbiyasi yaxshi, oilasini deydigan onaning farzandi bo‘lganida. Chunki, bizning dono onalarimiz shunday yo‘l tutishgan azaldan. Аyol ming kuchli bo‘lsada, erdan keyin turishi, oila mustahkamligi uchun zarur hisoblanadi.

O‘zbekona to‘ylarimizni bezagan sharmu hayo, milliy qadriyatlar tobora yo‘qolib borayotgan bir paytda to‘ylarda oshkora urfga kirgan “love story”, “tort yedirish”, “valьs tushish” kabi marosimlarning o‘tkazilishini aksariyat odamlar orziqib kutishmoqda. Nikoh bazmida o‘yin o‘ynagan “bolalar”ning ham harakatlari aslida ommaviy madaniyatning ana shunday quyqalaridir. Ulg‘aysa-da, qo‘lidan “qo‘g‘irchog‘i”yu “mashinasi”ni qo‘ymaydigan yoshlar beshik tebratib, har tomonlama sog‘lom kelajak avlodni kamolotga yetkazishi shubhali.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar