• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘onada 4200 dollar pul uchun bir ayolni o‘ldirgan shaxslarga hukm o‘qildi
Huquq
Voqealar

Farg‘onada 4200 dollar pul uchun bir ayolni o‘ldirgan shaxslarga hukm o‘qildi

  • 22.06.2022 / 11:47
  • 299
  • 0
111

O‘zbek deganda sodda, samimiy va odamjonli ko‘rinishli insonlar tasavvurga keladi. Lekin o‘sha soddalik, baʼzida jinoyatlarni sodir etilishida jinoyatchilarga qo‘l kelishi mumkin.

Farg‘ona shahrida sodir etilgan qotillik jinoyati bir insonni hayotdan ko‘z yumishiga, farzandining esa yetim qolishiga sabab bo‘ldi. O‘sha paytda marhumning uy sotib olish ilinjida ikki tamagirning qo‘liga tushganidan xabari yo‘q edi.

2021-yil fevral oylarida А.Botirov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) jinoiy sherigi R.Barziev bilan tanishlari F.Yormatovani Farg‘ona shahar, Yangi asr ko‘chasi, 13G-uy, 49-xonadonni sotib olmoqchi ekani va unda uyni sotib olish uchun yonida 4.200 АQSh dollar puli borligidan xabar topib, uni o‘ldirib, tamagirlik yo‘li bilan uni pullarini egallash haqida til biriktirib, jinoiy reja tuzishgan.

Rejaga ko‘ra, А.Botirov va R.Barzievlar 2021-yil 21-fevral kuni soat 17:00 lar chamasida F.Yormatovaga uy olishi uchun yetmayotgan 400 АQSh dollarini bir tanishidan foizga topib berishlarini aytishadi. Uni Marg‘ilon shahridagi “Ijodkorlar bog‘i” oldiga chaqirib, А.Botirovni otasiga tegishli bo‘lgan “Damas” avtomashinasiga chiqarishgan. So‘ng tuzilgan reja asosida avtomashinani R.Barziev boshqaradi, А.Botirov esa avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga, F.Yormatova esa avtomashinani o‘rtadagi o‘rindig‘iga o‘tirgan.

Pul beradigan tanishlari Farg‘ona tumani Satkak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashashini aytib, uni ushbu hududga olib borishgan. Odamlar yo‘q joyga kelgan vaqtda А.Botirov arqon bilan old o‘rindiqda o‘tirgan F.Yormatovani bo‘yniga sirtmoq sifatida solib, uni bo‘g‘ib, R.Barzievning yordamida o‘ldirishgan. Аyolning yonida bo‘lgan 4200 АQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, marhumning murdasini “Katta Farg‘ona kanali”ga tashlab yuborishgan.

So‘ngra А.Botirov va R.Barzievlar Marg‘ilon shahriga kelib, bosqinchilik yo‘li bilan egallangan 4.200 АQSh dollarini teng bo‘lishib, o‘zlarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.

Oradan biroz vaqt o‘tib, ularning sodir qilgan jinoyatlari fosh etildi. 2021-yil oktyabrь oyining 21-kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan sudlanuvchilar А.Botirov va R.Barziev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 17 yil 6 oydan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Feruza Siddikova,

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar