• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada “Kasb mahorati” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Jamiyat
Qiziqarli

Farg‘onada “Kasb mahorati” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

  • 15.07.2022 / 19:06
  • 657
  • 0
111

Dunyoda kasblar ko‘p. Har bir kasbning o‘z sir-sinoatlari, mashaqqat va sinovlari bor. Bu sinovlardan matonat bilan o‘tgan kishilar e'zozu ehtiromga munosibdirlar. Energetika - ana shunday mashaqqatli sohalardan biridir.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tashabbusi bilan “Farg‘ona HETK” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy yilning 15 iyunidan 15 iyulga qadar “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi deb e'lon qilingan.

photo_2022-07-14_17-16-46

photo_2022-07-14_17-20-32

photo_2022-07-14_18-02-14

Quva tuman elektr ta'minoti korxonasining o‘quv maydonida viloyatimizning barcha shahar-tuman elektr ta'minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida “Kasb mahorati” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa ikki kun davomida, 4 bosqichda 20 ta jamoa ishtirokida o‘tkazildi.

Musobaqada jamoa a'zolaridan taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta'mirlash bo‘yicha ustalar, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar qatnashdi.

photo_2022-07-14_17-16-47 (2)

photo_2022-07-14_17-16-47

Ushbu bellashuvda jamoalar faol ishtirok etdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Farg‘ona HETK” AJ rahbariyati, Quva tumani sektor rahbarlari, musobaqa qatnashchilari, hamda uzoq yillar energetika sohasida mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdi.

“Kasb mahorati” musobaqasining barcha bosqichlarda namunali ishtirok etib, eng yuqori baho to‘plagan Quva tuman elektr ta'minoti korxonasi jamoasiga 1-o‘rin  nasib etdi.

photo_2022-07-15_18-18-16

Musobaqasining barcha bosqichlarda namunali ishtirok etgan Furqat tuman elektr ta'minoti korxonasi jamoasi esa 2-o‘ringa munosib deb topildi.

photo_2022-07-15_18-10-30

Shuningdek, musobaqa yuqori baho to‘plagan Toshloq tuman elektr ta'minoti korxonasi jamoasiga 3-o‘rin nasib etdi.

photo_2022-07-15_18-05-43

Umumiy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar, dispetcherlar, yosh ishtirokchilar hamda hakamlar “Farg‘ona HETK” AJning faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar