• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xayriya tadbiridan ko‘ngillar o‘sdi
Jamiyat

Xayriya tadbiridan ko‘ngillar o‘sdi

  • 26.07.2022 / 18:50
  • 302
  • 0
111

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi tatbiq etilmoqda. Mahalla xayriya jamoat fondi  bu ishlarga bosh-qosh bo‘lib, ko‘plab xayrli tashabbuslarni amalga oshirmoqda.

Qisqa vaqt ichida ushbu yo‘nalishdagi ishlar o‘z samarasini bera boshladi. Xususan, Farg‘ona viloyatida  ham Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhitga moslashtirish va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar emin-erkin o‘sishi uchun bugun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Joriy yilning 26 iyul kuni “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi tashabbusiga ko‘ra, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Xususan, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar   “Prezident farzandlari”ga ikki million so‘mdan pul mablag‘lari va 10 xil oziq-ovqat xarajatlari berildi.

– Hatto kiyim-kechaklarim yo‘q edi, – deydi Qosimova Sohiba. – Milliy gvardiya va “Mahalla” xayriya fondi bizni muntazam xabar olib turdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev g‘amxo‘rliklari sabab bugun bir xonalik uy egasiman. Hammasi uchun jonkuyar mas’ullarga va davlatimizga rahmat.

Sohibaxon ayni damda Koreya universiteti Farg‘ona filialining 1-kursini tamomladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tavsiyasi asosida sheriklari qatori grant asosida o‘qiydi.

Undan tashqari, Farg‘ona shahridagi Oybek hamda A.Navoiy, Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashovchi nogironligi bor shaxslar holidan xabar olinib, Burxonova Maxfiratxon, Yadgarova O‘lmasxonlarga nogironlik aravachalari sovg‘a qilindi.

– Endi mahalla-ko‘ydan bemalol xabar olsam bo‘ladi. Qo‘ni-qo‘shnilarim bilan ham gaplashgani  chiqa olaman. Ijtimoiy adolat mezonlariga tayanib, odilona siyosat olib borayotgan yurtboshimiz doimo sog‘ bo‘lsin, – deydi nogironlik aravachasini olgan Yadgarova O‘lmasxon opa.

Bugun davomli bo‘lgan bu kabi xayrli ishlar zamiri inson qadriga qaratilganligi bilan kishi ko‘nglini ko‘taradi.

 

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar