• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat So‘xlik nuroniylar qo‘li duoda
Jamiyat

So‘xlik nuroniylar qo‘li duoda

  • 22.09.2022 / 08:53
  • 206
  • 0
111

Keksalarga izzat-hurmat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Ezgu amallarga boy bo‘lgan bu qadriyatlar keyingi yillarda yanada taraqqiy etib, yangi tashabbuslar quloch yoymoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi So‘x tumani bo‘linmasi hamda tuman hokimligi tashabbusi bilan ko‘hna tumanda umrguzaronlik qilayotgan front orti mehnat faxriylari hamda kam ta’minlangan fuqarolar holidan xabar olindi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

“So‘x” mahalla fuqarolar yig‘ini, Chorko‘cha ko‘chasida yashovchi Dodoboy Tojiboev Ikkinchi Jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilib, elning koriga yaradi. Farzand va nabiralari davrasida keksalik gashtini surayotgan nuroniy hayot yo‘li ko‘pchilikka ibrat.

– Bunday xayrli ishlarga bosh bo‘layotgan Prezidentimizga rahmat, – deydi “Yangariq” MFY Bog‘bon ko‘chasi 13-uyda istiqomat qilayotgan mehnat fronti faxriysi Saloxiddin Zavxarov. – Yurt keksalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida har qancha gapirsak oz. Ostona hatlab yo‘qlab keluvchilar juda ko‘p. Hammalariga rahmat, umrlaridan baraka topishsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Xayr-saxovat tadbirlari davomida So‘x tumanida umrguzaronlik qilib kelayotgan o‘ndan ortiq yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olinib, yo‘qlab borildi, “Mahalla” xayriya jamoat fond qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytganda, joriy yilning shu kuniga qadar tumandagi 800 dan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan fuqarolarga 1 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy yordam, kundalik iste’mol mahsulotlari, sog‘liqlarini tiklash va boshqa maqsadlar uchun manzilli mablag‘lar yo‘naltirildi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar