• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Korrupsiya – jamiyat kushandasi
Jamiyat

Korrupsiya – jamiyat kushandasi

  • 29.11.2022 / 17:47
  • 341
  • 0
111

Yer yuzida insoniyat sivilizatsiyasiga doimiy xavf solayotgan illatlardan biri jinoyatchilik bo‘lib, u hamma vaqt yechimi topilishi shart bo‘lgan muammo bo‘lib kelgan. Hayot taraqqiy etib borgan sari jinoyatchilik ham rivojlanib, uning xavflilik darajasi ham ortib borgan. O‘z navbatida bu muammoni yechish va uni bartaraf etish har bir davlat va jamiyatning vazifasi bo‘lgan.

Hozirgi paytda jamiyatga juda katta xavf va muammo bo‘lib maydonga kelgan jinoyatchilikning bir ko‘rinishi korrupsiyaviy jinoyatchilikdir.

Korrupsiya so‘zi – lotincha “pora berib sotib olish” ma’nosini anglatadi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o‘zi mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Dunyoda kechayotgan jarayonlarni tahlil qilib, korrupsiya­ni shaxsiy manfaat yuzasidan, ya’ni moddiy boylik orttirish yoki qarindosh-urug‘chilik, mahalliy tarafkashlik yoxud boshqa past niyatlarda, davlat xizmatida bo‘lgan mansabdor shaxsning uyushgan jinoyatchilar bilan birlashishi yoki jinoiy uyushma tarkibida faoliyat ko‘rsatishidir, deb ta’riflash mumkin.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda ayrim shaxslar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilish holatlari ham kuzatilib turibti.

Xususan, sudlanuvchi M.X. 2022 yil 5 yanvardan Quva tuman aholini bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘rinbosari – ishga joylashtirish va aholini qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimida ishlab, mansabdor shaxs bo‘lgani holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-tamoyillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4797 Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qarori bilan ishga tushirilgan Elektron hukumat tizimining tarkibi qismi bo‘lgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga integratsiya qilingan aholi bandligiga ko‘maklashish markazining “abkm.mexnat.uz” elektron dasturiga markazga kelmagan va ish qidirmagan ishsiz fuqaroni ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olish, budjetdan moddiy yordam olish istagida bo‘lgan fuqaroga bolalar uchun nafaqa olishni so‘rab yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat etish maslahati berilganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga ma’lum bo‘lgan parol va login orqali kiritib, nafaqa olishga erishgan fuqarolardan pul mablag‘larini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish jinoiy rejasini tuzgan.

Jinoiy rejaga ko‘ra, M.X. arizachi Sh.Mamadalievaning tanishi G.Axmedovani ishsiz turmush o‘rtog‘i A.Axmedov go‘yoki 2021 yil 17 dekabrda bandlik markaziga murojaat etgani va ish qidirayotganligi haqida ma’lumotni ABKMning “abkm.mexnat.uz” elektron dasturiga kiritib, fuqaro G.Axmedovaga dastur tomonidan 2021 yil 20 dekabrda tasdiqlangan oylik 575.000 so‘m bolalar nafaqasi tayinlanganligi uchun, undan arizasini ijobiy hal qilib berganligi evaziga 300.000 so‘m pullarni pora tariqasida berishini talab qilgan.

Shundan so‘ng, arizachi Sh.Mamadalieva o‘zining farzandlariga va tanishlari Sh.Xaydarova hamda Sh.Ergashevaga bolalar nafaqasi olishni ijobiy hal qilib berishni so‘raganida, M.X. ularni arizasini ijobiy hal qilishini, rasman hech qaerda ishlamayotgan turmush o‘rtoqlarini ish qidirayotgan shaxs sifatida ABKMning “abkm.mexnat.uz” elektron dasturiga ma’lumotlar kiritib berishini, natijada dastur tomonidan ularning farzandlari uchun bolalar nafaqasi tayinlanishini va’da qilib, buning evaziga har biridan 1.000.000 so‘mdan jami 3.000.000 so‘m pullarni pora tariqasida berishni talab qilgan.

M.X.ning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Sh.Mamadalievaning arizasiga asosan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Quva tumani bo‘limi va DXX Quva tuman bo‘limi tomonidan 2022 yil 11 fevral kuni soat 17:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.X. arizachi Sh.Mamadalievadan fuqaro G.Axmedovaning farzandiga bolalar nafaqasini tayinlab berishda “abkm.mexnat.uz” elektron dasturga ma’lumot kiritish orqali yordam bergani evaziga 300.000 so‘m, Sh.Mamadalieva, Sh.Xaydarova va Sh.Ergashevalarga ham bolalar nafaqasi olish uchun ularning turmush o‘rtoqlari bandlik markaziga murojaat etganligi va ish qidirayotganligi haqida ma’lumotlarni markazning “abkm.mexnat.uz” elektron dasturiga kiritib berish orqali, bolalar uchun nafaqa tayinlanishiga yordam berishi evaziga ATB “Qishloqqurilishbank” Quva filiali binosi oldida 3.300.000 so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar undan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2022 yil 6 iyuldagi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.X.ga O‘zbekiston Respublikasi Jkning 210-moddasi 1-qismi bilan qonunda belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Xulosa qilib aytganda, dunyoda har narsaning kushandasi bo‘lgani kabi, davlat va jamiyatning kushandasi korrupsiyadir. Unga qarshi kurash nafaqat huquq-tartibot organlarining vazifasi, balki butun jamiyat unga qarshi kurash olib borishi lozim.

Mahkamjon Abdubannabov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar