• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Qamoqxonalar va Prokuratura tizimi keyinchalik Adliyaga o‘tadimi?
Siyosat
Jamiyat
Huquq

Qamoqxonalar va Prokuratura tizimi keyinchalik Adliyaga o‘tadimi?

  • 31.03.2023 / 21:33
  • 1186
  • 0
111

Xabaringiz bor kuni kecha Adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabaevich jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda vazirlikning sohada erishgan yutuqlari va 2023 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida gapirildi.

Vazirlik binosi bo‘ylab press-tur uyushtirildi. Shuningdek OAV vakillarining savollariga vazir hamda tegishli mutasaddilar javob berdi. Matbuot anjumanida ko‘tarilgan mavzular haqida quyida gap boradi.

Huquqni qo‘llash tizimi tubdan o‘zgartiriladi

“To‘g‘risini aytish kerak juda ko‘p muammo, olis hududlarda, huquqni qo‘llash sohasida yuzaga kelmoqda. Maktab yoki bog‘chaga boring o‘qituvchini mehnat faoliyati haqidagi huquqlari bo‘yicha juda katta muammolar bor. Sababi shu bilan shug‘ullanadigan malakali kadrlar yetishmasligi, ikkinchidan huquqiy yordam beradigan tizim yaratilmagan edi. Oldin davlat organlari faoliyatini o‘rganib xatolari bo‘lsa, taqdimnoma kiritib jazolashga harakat qilar edik. Hozir boshqacha yo‘nalish qilmoqchimiz, huquqni qo‘llash amaliyotida metodik qo‘llanmalar yaratib beramiz, har bir sohani ichiga kiramiz, namunalarini yaratganmiz. Xar bir maktabda malakali yuridik xizmat bo‘lmagani sabab elektronlashtiramiz va buni sog‘liqni saqlash hamda pedagogika sohasidan boshlaymiz”-deydi Adliya vaziri A.Tashkulov.

Qamoqxonalar va Prokuratura tizimi keyinchalik Adliyaga o‘tadimi?

Vazir ushbu savolga roman-german va anglo-sakson xuquq tizimlarini solishtirib O‘zbekiston qonunchlik tizimi romano-germanga asoslangani sababli jazoni ijro etish muassasalari va kuch ishlatar boshqa tizimlar, Adliyaga o‘tmasligini bu haqida hech qanday reja yo‘qligini aytdi. Qamoqxonalarda namunali fuqarolar o‘tirmayotganini ham eslatib o‘tdi.

Huquqiy tartibga solishning baholash mexanizmi bo‘ladi

Har bir qonun loyihasi ishlashidan oldin uni 5 ta mezonga ko‘ra baholanadi. Uni yaxshi yomon tomonlari o‘rganiladi. Loyiha davrida va qabul qilinganidan keyin baholanadi.

Sug‘urta tizimi, subsidiya ajratilayotgan sohalarda o‘zgarish bo‘ladi. 308 mingdan ortiq noqonuniy hujjatlarni bekor qilganmiz. Bunda sudga chiqamiz, taqdimnomalar kiritiladi, apelyatsiyalar beriladi. Hozir Frantsiya tajribasini o‘rganib taklif berdik. Qaysi davlat organi xato qilsa, uni tuzatib to‘g‘irlab beriladi, yaʼni bu yerda fuqoro ovora bo‘lmaydi".

Adliya senzura qilmaydi fikr va munosabat bildiradi

Matbuot anjumanining savol – javob qismida, maʼmuriy islohotlarni bir tomonlama yoritishda ayblab berilgan vazirlik xabariga, bu senzurami deya izoh so‘raldi. Vazir bu holatni senzura emasligi, tashkilotning bir fikri sifatida qabul qilishlarini so‘radi. Munosabat berilgani shundaki, bir-birini funktsiyasini qayta takrorlovchi idora, tashkilot, vazirliklarni tugatish masalasi OAV vakillari tomonidan ko‘tarilgan mavzu ekanligi va xalq fikri inobatga olingan holda, rahbariy tizimlar kamaytirilganiga eʼtibor qaratishlarini so‘radi. Shu o‘rinda Adliya tizimi barcha jurnalist va blogerlar bilan hamkor ishlash tarafdori ekanini aytib o‘tdi.

U kim bo‘lishidan qatʼiy nazar haqorat qilishga haqqi yo‘q

Vazir o‘z munosabati davomida oxirgi paytlarda urchib ketgan odatga to‘xtalib o‘tdi. “-Ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalistlar yoki blogerlar mansabdor shaxslarni haqorat qilish holati kuzatilmoqda. Kim bo‘lishidan qatʼiy nazar birovni haqorat qilishga haqqi yo‘q. Yana ayrimlari sud hukmi chiqmay turib ayblanuvchining rasmi yoki ismini oshkor yozib yuborishlarini aybsizlik prezumptsiyasini buzayotganligidan dalolat berishini eslatdi. Shunday qilmish egalari borki, jazoga rozi bo‘ladi, ammo matbuotda chiqmasligini iltimos qilib so‘raydi. Bunda ism, familiyasi o‘zgartirib beriladi. Bu to‘g‘ri hol. Sababi uning farzandi va oilasi bor. Matbuot vakillari ularning keyingi holatini o‘ylab ish tutgani maʼqul”.

Vatanni tanqid qilishdan saqlanish kerak

Vazir ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim shaxslar, sohani maʼsullari qilmagan ishi sabab vatanni keskin qoralashidan tiyilishga chaqirdi. “Bu mening taklifim. Boshqa davlatlarda ko‘rsangiz, odamlar, vatanini hech qachon yomonlamaydi. So‘ngi paytda vatanni qoralash tarmoqlarda trend bo‘lib ketdi. Noto‘g‘ri aslida. Hammamiz shu, o‘zimizni – o‘zimiz yomonlayversak qaerga boramiz?”

Yuridik taʼlimda IT' sohasi bo‘yicha huquqshunos kadrlar tayyorlanadi

“Hozir ichki ishlar maʼsullariga kelayotgan ko‘plab arizalarning maʼlum qismini firibgarlik orqali kartasidan pul yechib olayotganligi yoki, shunga o‘xshash tarmoq orqali sodir etilayotgan jinoyatlar bo‘yicha fuqarolar murojaati ko‘p. Shu sabab, huquqshunoslar ham bu sohadan chetda emas. Toshkent davlat yuridik unversitetida, kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha xorijdan mutaxassislar olib kelib o‘qityapmiz. Barcha fakultetlarda axborot sohasidagi boshlang‘ich mavzularda huquqiy axborot texnologiyalari fani o‘tilmoqda. Keyinchalik universitetda kibertexnologiya va kiberhuquqi bo‘yicha yangi sohalar ochilishi mumkin”.

Tashabbusli byudjet sharmandali byudjetga aylanib qolmayaptimi?

“Tashqarida aylanib yursam menga ham ovoz bersangiz u beramiz, deb kelishdi. Yo‘q men o‘z mahallamni yo‘lini taʼmirlashga ovoz beraman dedim. (vazir kuladi) Odamlar elektron tizim orqali ovoz berishi kerak bo‘ladi. Kimdir bir narsa berib ovoz yig‘ishi aslida noqonuniy narsalar. Moliya va iqtisodiyot vazirligi bu buyicha o‘z javobini berdi. Aslida “Open budjet" xalq pulini qanday va qaerga sarflanishini ko‘zlagan juda yaxshi g‘oya. Yaʼni bunda davlat organi kelib mana bu yerga unday qilamiz deyishi kerak emas, xalq belgilasin deyilmoqda. Prezidentning oxirgi murojaatlarini ko‘rgan bo‘lsangiz juda katta mablag‘larni “Open budjet” orqali tarqatamiz deyildi. Lekin muammolar bor uni yechish kerak. Shaxsni indetifikatsiyalovchi tizim orqali tartibga solish kerak”-degan taklif bilan chiqdi Аdliya vaziri.

Barcha soha uchun namunaviy tizim

Do‘stona ruhda o‘tgan matbuot anjumanining savol-javob qismi qizg‘in yakunlandi. Blogerlarni nazorat qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash jurnalistlar tomonidan berilgan taklif bo‘ldi. OAVni nazorat qilish funktsiyasi, vazirlikning vakolatiga kirmasligi eslatib o‘tildi. Taklifga ko‘ra qonun hujjati tayyorlanishi mumkinligi aytildi.

To‘g‘risi adliya vaziri bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Samimiyligi, voqeaga real qarashi, matbuot uchun hamisha ochiq-oshkoraligi bizni quvontirdi. Eslatish joizki, faqatgina adliya vazirining qabuliga oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan qabul kuni kelishingiz mumkin. Qabul har juma kuni onlayn va offlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Onlayn tarzda joylardagi Adliya boshqarmalariga murojaat qilsangiz kifoya. Shuningdek, Adliya vazirligi binosida foto, video, audio zapis qilishingizga ruxsat etiladi. Mana bu jihatlaridan shaffof ishlashdan boshqa tizimlar ham o‘rnak olsa fuqarolarimiz sarson bo‘lmas edi. Sohaga bo‘lgan fikrlari o‘zgarib, muammolari ijobiy hal etilar edi. Bugun ikkilanmay, Adliya tizimi barcha soha uchun namunaviy tizimga aylandi, deya ayta olamiz.

Shermuhammad Dehqonov, huquqshunos-bloger

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar