Qayd etilishicha, ayrim turfirmalarda vizalarni soxtalashtirish, mehmonxonalarda joy band qilmaslik hamda qaytish uchun aviachiptalarning xarid qilinmasligi holatlari kuzatilgan. Natijada, 13 mingdan ortiq fuqarolar sarson bo‘lgan va ba’zi ziyoratchilar Saudiya Arabistonidagi qoidalarni buzganlik uchun deport qilingan.
Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, 2024 yil 12 oktyabr kuni "Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining 668-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyasining shartlari joriy qilindi. Qonun shartlari doirasida turfirmalarga quyidagi maksimal qiyin qonun talablari qo‘yildi:
1 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yish;
Ziyoratchilarning guruh rahbari etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash;
Turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
Voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;
O‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;
Ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining faqat “Umra vizasi”ni rasmiylashtirish – boshqa viza bilan olib borish noqonuniy hisoblanadi;
Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;
Ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, xususan, o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
Xalqaro yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega, bu davrda yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qilish;
Ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish va qaytish aviachiptalarini xarid qilish;
Ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;
Umra xizmatini 3-davlatlar orqali ko‘rsatmaslik;
Xizmatlarni litsenziyada ko‘rsatilgan manzildan boshqa joydagi vakolatxona yoki filial orqali ko‘rsatmaslik.
Shuningdek, umra ziyorati xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdori BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari