Farg‘ona viloyatida “Tovar xom-ashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi” mavzusida ikki kunlik malaka oshirish o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda “O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida tashkil etildi. Unda tovar-xom ashyo birjasi ishtirokchilari, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotuvchi korxonalar vakillari xarid hamda savdolarni raqobat qonunchiligi talablari asosida o‘tkazish bo‘yicha o‘zlarining bilim va malakalarini oshirdi.
Seminar mashg‘ulotlarda mutaxassislar tomonidan tovar xom-ashyo birja ishtirokchilariga yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi, birja savdolaridagi yangi savdo instrumentlari, jumladan, ikki tomonlama qarama-qarshi auksion, derivativlar, fyuchers bitimlari, kliring hamda bu boradagi xalqaro ish uslublari haqida keng va batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotuvchi korxonalar vakillariga raqobatni cheklovchi harakatlar hamda narxlar manipulyatsiyasining oldini olish, birja savdolarining normativ-huquqiy asoslari, birja a’zolari uchun ichki nazorat qoidalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Malaka oshirish o‘quv seminari doirasidagi mashg‘ulotlarda qatnashgan ishtirokchilar – broker, treyderlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari