• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Namanganda IIB xodimlari ikki fuqaroni qo‘liga kishan taqib, olib ketdi
Huquq
Voqealar

Namanganda IIB xodimlari ikki fuqaroni qo‘liga kishan taqib, olib ketdi

  • 29.05.2023 / 19:32
  • 606
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida IIB xodimlari ikki fuqaroni qo‘liga kishan taqib, olib ketgani aks etgan video lavhalar tarqaldi. Mazkur holatga Namangan IIB Matbuot xizmati tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum qilishicha, joriy yilning 27-may kuni soat 00:10da tungi xizmatga jalb qilingan Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektorlari tumandagi «Sanoat» MFY, Chinor ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasini oldidan o‘tib ketishayotgan vaqtda, ushbu joyda 10 nafardan oshiqroq fuqarolardan 2 nafari jamoat tartibini hamda fuqarolar tinchligini buzib janjal ko‘tarayotganlariga guvoh bo‘lishgan.

Xodimlar tomonidan yigitlarni tartibga chaqirish maqsadida murojaat qilinganda, 1998 yilda tug‘ilgan fuqarolar B.I va T.T lar IIB xodimlarini qonuniy talablarini bajarmay, faol qarshilik ko‘rsatib, huquqbuzarliklarini davom ettirishgan.

Lekin videoda IIB xodimi birinchi fuqaroni qo‘lga olish jarayonida ikkinchi fuqaroni hujjatlarni tepib yuborganlikda ayblab, unga nisbatan kuch ishlatib, qo‘liga kishan taqqanini ko‘rish mumkin.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar