
Bundan bir necha kun avval, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqarodan tahririyatimizga murojaat kelib tushgan.
Murojaatga asosan joyiga borib o‘rganilganda, marhum otadan qolgan meros uy-joy o‘gay aka va singil o‘rtasida bo‘lib olish, xujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zaro ziddiyatlar bo‘layotgani maʼlum bo‘ldi.
Bundan tashqari 90 yoshni qoralagan onaxon ham bu holatdan aziyat chekayotganligi, o‘g‘lining onasidan xabar olmayotganligidan norozi ekanligini bildirdi.
Oilaviy nizo bo‘lganligi sababli tahririyat muxbirlari masalani ommaga olib chiqishdan ko‘ra har ikkala tomon bilan suhbatlashib, nizoni bartaraf etishga hamda ikki tomonni yarashtirishga harakat qilishdi. Lekin bu hayrli ish amalga oshmadi.
Shundan keyin murojaatchi tomondan olingan videomateriallar ijtimoiy tarmoqqa eʼlon qilingan edi.
Shu orada tuman masʼullari aralashuvi bilan masala hal etilganday bo‘ldi. Lekin oradan vaqt o‘tib, yana mojaro davom etayotganligi aytildi.
Shu o‘rinda aytmoqchimizki, tarmoqqa eʼlon qilinayotgan har bir material xoyu-havas uchun emas, muammo borligi uchun tarmoqqa joylanmoqda.
Аvvalo tomonlardan kelishuv va yarashuv qilishlarini, qolaversa mutasaddilardan masalaga befarq bo‘lmasliklari so‘rab qolamiz.
Zero, ota rozi Xudo rozi, jannat onalar oyog‘i ostidadir, kabi hadislar bejiz aytilmagan!
Vodiy24.uz tahririyati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari