
Farg‘ona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi Farg‘ona shahar inspektsiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida joriy yilning 9-sentabr kuni shahardagi 2-umumtaʼlim maktabi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, maktab hududida 3 tup archa va 1 tup chinor daraxti osti betonlangani hamda bir tup qarag‘ay daraxti ostida to‘planib qolgan xazon qoldiqlari yoqib yuborilgan holatlari aniqlandi.
Inspektorlar boshchiligida archa va chinor daraxtlarining osti beton qoplamadan tozalandi.
Masʼullarga kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, maktab xo‘jalik ishlar bo‘yicha mudir M.S.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 5 baravar miqdori, yaʼni 1650000 so‘m jarima belgilandi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari