• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Quvada yo‘lga qurilgan noqonuniy darvoza va devor buzildi
Jamiyat
Huquq

Quvada yo‘lga qurilgan noqonuniy darvoza va devor buzildi

  • 09.11.2023 / 10:50
  • 395
  • 0
111

Turar joy, bino-inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 212-moddasiga asosan) quyidagi tarzda qurilgan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi:

-         qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida;

-         bunga kerakli ruxsatnomalarni olmasdan yoki arxitektura hamda qurilish normalari va qoidalarini sezilarli darajada buzgan holda qurilgan imorat.

O‘zboshimchalik bilan imorat qurganlik uchun jazo tayinlanadi. Obyektni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va ruxsatnomasiz qurganlik, qurilish normalari va qoidalarini, ishlarni bajarish va topshirishda texnik shartlarni, obyektni ishga tushirish qoidalarini buzganlik uchun (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 99-moddasiga asosan) jarimalar solinadi. Qonun hujjatlarida yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, MIBning Quva tumani bo‘limi tomonidan sud qaroriga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish bilan bog‘liq qator ijro xujjatlari ijrosini ta’minlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 08.09.2023 yildagi Quva tumani, Guliston MFY, Mezon ko‘chasidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan yo‘lning 150 kv.m qismiga qurilgan darvoza va devor o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani buzdirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha javobgar sud qarorini ijrosini ixtiyoriy muddat ichida bajarmagan.

Shunga ko‘ra, 6 noyabr 2023 yil kuni bo‘lim ijrochilari tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerdagi noqonuniy qurilgan  qurilmalar majburiy tartibda buzdirilib, sud hujjati ijrosi ta’minlandi.

Dilshodjon Axmedov
Byuroning Quva tuman bo‘limi boshlig‘i

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar