• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qing‘ir yo‘lni tanlagan ayollar endi umrining besh yilini qamoqda o‘tkazadi
Jamiyat
Huquq

Qing‘ir yo‘lni tanlagan ayollar endi umrining besh yilini qamoqda o‘tkazadi

  • 18.12.2023 / 18:59
  • 838
  • 0
111

Bexosdan qulog‘ingizga chalingan "falon joyda fohishalar qo‘lga tushibdi", "falonchi bolasini sotayotgan vaqtda ushlanibdi", singari gaplar yuragingizni junbushga keltiradi. Yon-atrofimizda uchrayotgan bunday jirkanch ishlar beixtiyor dilimizda nafrat hissini uyg‘otadi.

To‘g‘ri, bugunning eng dolzarb muammolaridan biri bu – ishsizlik. Lekin, bu bahona bo‘la olmaydi. Chunki, bugun yurtimizda tadbirkorlik rivojlanyapti, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholini ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilyapti.

Ammo...

Negadir xususiy firmalarda ishlashdan or qiladigan o‘zbek ayollari chet elga borib fohishalik qilishga tayyor ekani yurakni larzaga soladi.

F.E ham biror joyda xalol ishlashdan ko‘ra, yengil yo‘l bilan mo‘may daromad topishni orzu qilgan ko‘rinadi. Shu xoyu-havas ilinjida o‘ziga sherik izlay boshladi. Va o‘ziga “Gullola” ismli dugona topdi. Ular Turkiya davlatiga borib, o‘zlarining fahsh ishlarida yordam beradigan “Mijoz” qidirishdi. Ularga ish qidirib yurgan N.A. to‘g‘ri kelib qoldi.

Ular N.A.ni Turkiya davlatiga yuborib, undan o‘sha yerda fahsh ishlarida foydalanish va uni sotish haqida o‘zaro jinoiy reja tuzishdi.

Rejaga muvofiq, fuqaro F.E va F.A jabrlanuvchi N.A.ga Turkiya davlatida fohishalik qilib yaxshi pul topishini, u yerga yetib borish uchun yo‘l xarajatlarini o‘zlari to‘lab berishlarini aytib, N.A.ni Turkiyaga borishga ko‘ndirishdi.

Rejasining “silliqqina” amalga oshganidan xursand bo‘lgan dugonalar  jabrlanuvchi N.A.ni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga jo‘natayotganda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan F.E. va boshqalarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, ish hujjatlari sudga yuborildi.

Bo‘lib o‘tgan sud majlisida F.E. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “d, ye” bandlari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yilu 2 oy, F.A ga esa 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

"Ozga to‘ymagan ko‘pga tiqilib o‘ladi", deb shunga aytsalar kerakda! Xulosani o‘zingizga qoldiramiz, hurmatli yurtdoshlar. Aytmoqchi bo‘lganimiz, jinoyat uchun jazo muqarrar, bugun bo‘lmasa, ertaga qing‘ir ishning qiyig‘i chiqadi.

Murodjon Ergashev
Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi 
Tergov boshqarmasi katta tergovchisi, kapitan

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar